Stomatologiya propedevtikasi


Tishlar qattiq to‘qimalarining kimyoviy tarkibi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Tishlar qattiq to‘qimalarining kimyoviy tarkibi
Emal. Emal - organizmdagi eng qattiq to ‘qima. Emalning 
kimyoviy tarkibida xilma-xil moddalar mavjud: 95% anorganik 
modda, 1,2% organik modda va 3,8 % suv. Emal 96,5% mineral


tuzlar tutadi. Shulardan 54% fosfor (17%), kalsiy (37%) tashkil 
qiladi. Mineral tuzlar asosan quyidagi kristallardan tuzilgan:
Gidroksiappatit - 75,04;
Karbonatappatit - 12,06;
Xloroppatit - 4,397;
Ftoroappatit- 0,663;
Karbonat kalsiy - 1,331;
Karbonat magniy - 1,624.
Emalning anorganik moddalari o‘ta ingichka fibrillalar atrofida, 
qalinligi 3-6 mkm b o ig a n emal prizmalarini hosil qiladi. Shu 
sababdan ko‘ndalang kesimda emal prizmalari geksogonal, oval, 
ko‘pincha arkadasimon shaklda boiadi. Emalning oqsillari ichida 
Shtakk (1954) 0,17% eriydigan, 0,18% - erimaydigan fraksiyalami 
hamda peptid va erkin aminokislotalar - 0,15%, lipidlar - 0,6%, 
sitratlar -0,1% , polisaharidlam i aniqlagan. Emal suv va unda erigan 
moddalar uchun oikazuvchan boiadi, lekin oikazuvchanlik darajasi 
ko‘pgina omillarga bogiiqdir.
Dentin. Dentin 70-72% anorganik moddadan, 28-30% suv va 
organik moddalardan (fosfat va kalsiy karbonatdan ko‘proq, kalsiy 
ftorid, magniy, natriy va boshqa mikroelementlardan kamroq) 
tuzilgan. Dentin oqsillari aminokislotalarining tarkibiy qismi 
kollagenga mosligi aniqlangan.
Sement asosan 68% anorganik va 32% organik moddalardan 
tashkil topgan.


VBOB
ST O M A T O L O G IK B O ‘L IM L A R VA 
ST O M A T O L O G IK X O N A N IN G JIH O Z L A N ISH I
Stomatologik yordam - aholiga ko‘rsatiladigan maxsus tibbiy 
yordamning k o ‘p tarqalgan turi.
Ambulator - poliklinik tizimga murojaat qiluvchi hai' oltinchi 
bemor, og‘iz bo‘shlig‘i kasalligidan shikoyat qiladi.
H ozirgi davrda m am lakatim izda faoliyat k o ‘rsatayotgan 
stomatologik muassasalar davolash tizimi bo‘yicha turli-tumandir. 
Ulaming tarkibiga maxsus shifoxonalar, stomatologik bo‘lim va 
xonalar, tibbiyot-sanitar qismlar, dispanserlar, o ‘quv muassasalari, 
xususiy stomatologik xonalari kiradi.
Aholiga sifatli stomatologik yordam ko‘rsatilishida stomatologik 
poliklinikaga katta mas’ uliyat yuklatiladi. Stomatologik shifoxonaning 
asosiy vazifasi o ‘z vaqtida stomatologik kasalliklarining oldini olish, 
yuz-jag‘ sohasi kasallangan bemorlami davolashdan iboratdir.
Yildan-yilga xususiy stomatologik klinikalarning ortib borishi, 
zamonaviy stomatologik qurilma va moslamalaming kirib kelishi 
tibbiyot xodimlariga katta mas’uliyat yuklaydi.
Stomatologik poliklinika xodimlari oldi da quyidagi asosiy 
vazifalar turadi:
- Aholining yuz-jag‘ sohasi kasalliklarining oldini olish chora- 
tadbirlarini amalga oshirish;
- Kasallikni erta aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlami tashkil 
qilish va o ‘tkazishda shifokorga ko‘mak berish;
- M utaxassis tom onidan yuqori saviyada stom atologik 
ambulator yordam ko‘rsatishga yondashish.
Yuqorida sanab o ‘tilgan muammolami bartaraf etishda tibbiyot 
xodimlari, shuningdek, tibbiy ham shiralar bir qator tadbirlar 
o‘tkazishi lozim. Xususan:


- Reja asosida tashkillashtirilgan bemorlar jamoasini profilaktik 
k o ‘rikdan o ik a z is h bilan bir qatorda aniqlangan kasallarni 
davolash;
- Harbiy xizmatga chaqirilayotgan va chaqirilgan aholi o‘rtasida 
og‘iz bo‘shlig‘ining to iiq sanatsiyasini oikazish;
- 0 ‘tkirkechuvchi kasalliklarda va yuz-jag‘ sohasijarohatlarida 
bemorlarga shoshilinch yordam koisatish;
- Stomatologik bem orlarning alohida kontingenti orasida 
dispanser kuzatuvi olib borish;
- Bemorlarga yordam ko'rsatish, stomatologik yordamga muhtoj 
bemorlami klinikaga yotqizish;
- Vaqtincha ishga layoqatsiz bemorlarda kerakli tekshiruvlar 
oikazish, ishga vaqtincha layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish, 
ishgajoylashish uchun s o g iig i to‘g‘risidagi maiumotnoma berish;
- Yuz-jag‘ sohasida patologik o ‘zgarishi bor bem orlarda 
reabilitatsion tadbirlar (kompleks) tizimini oikazish;
- Stomatologik kasallanishni tahlil qilish;
- Zamonaviy tashxislash va davolash usullarini, yangi tibbiy 
texnika va qurilmalami, dori vositalami hayotga tatbiq etish;
- Aholi orasida sanitar-oqartuv ishlarini olib borish;
- Tibbiyot hamshiralari mutaxassisligi malakasini doimiy oshirib 
borish.
Stomatologik poliklinika tizimining tuzilishi unda faoliyat 
koisatayotgan vrachlar soniga bogiiq. Har bir stomatologik poliklinika 
faol xizmat koisatishi uchun bir qator tizimlarga ega boiishi lozim. 
bularga: ro‘yxatxona, terapevtik, xirurgik, ortopedik boiimlar, bolalar 
stomatologiyasi, rentgen tashxislash va fiziodavolash xonalari, 
birlamchi ko‘rikdano‘tish xonalari kiradi. Bimdan tashqari poliklinikada 
stomatologik yordamning tor mutaxassisligi bo ‘yicha xonalar: 
parodontologikxona, o g iz b o ‘shlig‘i shilliq qavati patologiyasi bor 
bem orlam i qabul qilish, allergologik, funksional tashxislash
anesteziologiya, ortodontiya va profilaktika xonalari boiishi lozim.
Har bir b o iim va xonalar o ‘ziga xos xususiyat va faoliyatga 
ega boigani uchun tibbiyot hamshirasi bular bilan yaxshi tanishgan 
b oiishi kerak.



Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling