Stomatologiya propedevtikasi


Nur bilan qotuvchi kompozit ashyolari


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Nur bilan qotuvchi kompozit ashyolari
Nur bilan qotuvchi kompozitlar fotopolimerlar deb ataladi. Bu 
ashyolar yuqori estetik xususiyatlarga ega b o lib , rang jihatdan 
tishning tabiiy imkoniyatlarini tiklab beradi. Ushbu kompozit 
a sh y o la r m axsus sh p rits yoki k a p su la d a g o m ogen p asta 
ko‘rinishida chiqariladi. Fotopolimerlami polimerizatsiya reaksiyasini 
boshlab beruvchi modda kamforxinon hisoblanadi.
Hozirda nur bilan qotuvchi kompozit ashyolar yuqori fizik va 
kimyoviy hamda klinik jihatlari bilan terapevtik stomatologiya 
bolimlarida o‘zining munosib joyini topdi.


Kompozit ashyolar I-V sinf kariyes kovaklarini plombalashda 
va ayniqsa, tishlami tiklashda (restavratsiyada) keng qo‘llaniladi:
- Tish q a ttiq to ‘q im a la rin in g n o k ariy es k a sallik larin i
davolashda;
- 0 ‘tkir va surunkali tish shikastlanishini yo‘qotishda;
- Fluorozda emalning rangi o ‘zgarishi va destruksiyasida;
- Depulpatsiyalangan tishlaming rangini tiklashda;
- Tish qattiq to‘qimalarining tug‘ma nuqsonlarida;
- Fissuralarni germetik yopishda;
- Parodontitda tishlarni shinalashda;
- Jpyi o ‘zgargan tishlami korreksiya qilishda.
Nur bilan qotuvchi kompozitlaming kimyoviy asosda qotuvchi 
kompozitlardan afzalligi:
- Kompozitlaming o‘zaro aralashtirilishini talab etmaydi;
- Ish davomida o ‘z yopishqoqligini o‘zgartirmaydi;
- Ish davomida turli rangdagi va tiniqlikdagi ashyolardan 
kombinatsiya usulida foydalanish imkoniyatini beradi;
- Polimerlash «buyraq», ya’ni vrach ixtiyoriga bog‘liq ravishda 
yuzaga keladi;
- «Qoldiqsiz», ya’ni kerakli miqdordagi ashyoni olgan holda 
ishlash imkonini beradi;
- Kimyoviy komponentlar ta’sirida qoraymaydi;
- Nur asosida yuqori polimerizatsiyaga erishiladi.
Nur bilan qotuvchi kompozitlaming kamchiliklari:
- K o‘p vaqt sarflanadi, ya’ni bitta tish kariyesini davolashda 
plombaning bir qismi uchun 40-60 daqiqa vaqt sarflanadi;
- P lo m ba a sh y o sin in g q im m atlilig i, y a ’ni b itta tish n i 
plombalashda ketadigan ashyo xarajatiga lampa xarajati ham 
qo‘shiladi, lampa 400 sikldan har 20 sekund sarflanganda 500- 
800 plomba xarajatidan kelib chiqadi;
- Lampa nuri ko‘zga zararlidir.
Kom pozit ashyolarining asosiy kom ponentlari - organik 
monomer va anorganik to‘ldirgichlardir.
Plom ba 
a s h y o sin in g
p o lim e riz a ts iy a s i 
m o no m er 
molekulalarining kislorod ionlari va erkin radikallar bilan o ‘zaro


birlashishi natijasida yuzaga keladi. Fotopolim erlarda erkin 
radikallam ing yuzaga kelishi uchun tashqi nur energiyasidan 
fo y d alan ilad i. N ur t a ’sirid a erk in rad ik a lla r h osil b o T ib , 
polimerizatsiyani yuzaga keltiradi.
M onom er sifatida k o ‘p funksional, asosan bifunksional 
ashyolardan foydalaniladi. Anorganik toidirgich sifatida bariy 
oynasining turli zarrachalari, kvars, farfor uni, kremniy dioksidi va 
boshqa qismlardan foydalaniladi. Kompozitlar tarkibidagi bu qismlar 
m exanik m ustahkam lik, rentgenkontraslik, kirishish, term ik 
kengayish kabi xususiyatlarga ega. Anorganik toidirgichlar yuza 
aktiv modda dimetildixlorsilan maxsus ta’sir ko'rsatib, organik 
matritsa bilan yaxshi birikishga va ashyoning mustahkamligiga ta’sir 
k o‘rsatadi.
Zamonaviy kompozit ashyolarining afzalliklari:
- Yuqori mexanik mustahkamligi;
-T ish qattiq to‘qimasi bilan kimyoviy bogliqlikhosil qila olishi;
- Ashyo qismlarining o ‘zaro bir-biriga yopishishi;
- Tish qattiq to‘qimalari bilan bir xilligi, fizik xususiyatiari 
hisobiga tin iq lig i, term ik k engayishi, rangi, ishqalanishga 
chidamliligi, suvni o ‘zida saqlashi;
- Og‘iz suyuqligi ta’sirida erimasligi va stabilligi;
- Turli tish nuqsonlarini tiklashi.
Nur asosida qotuvchi ashyolarda qisman ish texnologiyasining 
buzilishi keyinchalik restavratsiyalangan tishning fiziko-mexanik 
xususiyatlarida va tishning kosmetik ko‘rinishida seziladi.
Shuning uchun bu ashyolar bilan ishlaganda maxsus kabinetda, 
maxsus apparat va asboblar bilan ishlagan m a’qulroq.
Eng asosiy shartlardan biri - bu yog‘siz kompressorga egalik 
qilish. Zamonaviy nur bilan qotuvchi kompozit ashyolari qavatma- 
qavat qo‘yilganda tish bilan mustahkam bog‘liqlik hosil qiladi. Bu 
esa karioz bo‘ shliq to iiq tozalanmaganda yoki qo ‘yilgan ashyo ustiga 
so‘lak tushganda, bunday mustahkamlik yuzaga kelmaydi.
Stomatologik xonaning harorat sharoitiga ham katta e ’tibor 
beriladi. Ba’zi kompozitlar optimal harorat sharoitida (21 dan 24°C)


ishlashni talab etadi. Agarda xona harorati 21°Cdan past bo‘Isa, 
kompozit ashyosining qavatma-qavat birikish qobiliyati pasayadi. 
Agarda xona harorati 24°C dan yuqori b o ‘lsa, kompozit oquvchan 
b o ‘lib, asbobga yopishishi kuchayadi, plastikligi kamayadi. 
Bunday ashyo polimerizatsiyalanganda to‘liq amalga oshmaydi va 
p a stk i q a v a tla r b ila n o 'z a ro b irla sh m a y d i. K e y in c h a lik
restavratsiyalangan tishda yoriqlar yuzaga keladi, pigmentlar kirishi 
hisobiga ashyo o ‘z xususiyatini yo‘qotadi.
Yuqoridagilami inobatga olgan holda stomatologiya xonasida 
optimal ya’ni konditsioner mavjud b oig an sharoitda ishlash lozim.
Zamonaviy fotopolimerlovchi ashyolar nurga o ‘ta sezuvchan 
bo‘lib, hatto stomatologik uskunaning nuri ashyo polimerizatsiyasini 
yuzaga keltiradi.
Ishlash jarayonida kom pozitning bir qism i tish kovagiga 
kiritilganda, chiroqni o ‘chirib, xonaning umumiy yorug‘ligidan 
foydalanish, yordamchisi himoya ko ‘z oynakdan foydalanishi 
lozim, chunki numing bir tutami ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatib, 
konuktivit va to‘r pardaning kuishini keltirib chiqaradi. Agar xona 
devorlari yaltiroq, kafel yoki lakli kraskalar bilan qoplangan bo‘lsa 
ular nurni qaytaradi. Shuning uchun xonaning devorlari shunday 
ashyo bilan qoplanishi, sanitariya t^Jablariga javob berishi, 
polimerlovchi lampa ta’sirini aks ettirmasligi kerak. Vrach o‘z ko‘zini 
asrashi uchun fotopolimer lampa bilan ishlaganda, har 3-4 daqiqada 
yashil narsaga qarab turishi lozim.
Tish qattiq to ‘qimasini qayta tiklash, ya’ni restavratsiya qilish 
ko‘p bosqichli va qiyin jarayondir. Agar avval tishni plombalash 
uchun 15-20 daqiqa vaqt sarflangan bo ‘lsa, hozirda bir tish 
to‘qimasini qayta tiklash uchun 1-2 soat ham yetarli emas.
Shuning uchun bir ish kunida (6 soat mobaynida) l-2ta bemor 
qabul qilinib, bir ja g ‘ qatorida 4 tadan 6 tagacha tishni qayta tiklash 
mumkin. Bunda ba’zi stomatologik ashyolar (qolqoplar, maska, 
salfetka, so‘lak yutgich, dezinfeksiyalovchi moddalar, himoya 
vositalari va boshqalar) tejaladi.
Bunday sharoitda shifokor-stomatolog assistent bilan ishlagan 
m a’qul, shunda ancha vaqt tejaladi. Assistent plomba ashyosining


kerakli rangini tanlashda, og‘iz bo‘shlig‘idan ifloslangan narsalar 
(p ax ta b o lis h la ri, em al va d e n tin q irin d ila r)n i o lish d a , 
restavratsiyalangan tishning pardozlanadigan joyining tozaligini 
ta’minlashda o ‘z yordamini ko‘rsatadi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling