Stomatologiya propedevtikasi


Yuza faol moddalar guruhi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Yuza faol moddalar guruhi. Dimeksid (dimetilsulfaksid, 
DMSO) - notoksik moddaboiib, kokk mikrofloraga effektiv ta’sir 
ko‘rsatadi, yalligianishga qarshi xususiyati mavjud. Biologik 
membranalardan oson so‘rilib, boshqa dori moddalariga yo‘1 ochib 
beradi. Asosan 20% suvli eritma sifatida qoilaniladi.
Ildiz kanalini kimyoviy kengaytirish uchun preparatlar
Bunday preparatlardan asosiysi bu - etilendiamintetra-uksus 
kislotasining (EDTA) natriyli tuzi. Bu modda dentin to‘qimasining 
kalsiy moddasi bilan kompleks birikma hosil qiladi va natijada uni 
eritib beradi. Klinikada 20% Trilon B, Canal +, Largal ultra, rc- 
prep vaboshqalar qoilaniladi. Ildiz kanaliga dorili ishlov o‘tqazganda 
preparatlar tarlu&.iga kortikosteroidlardan deksametazon, 
antibiotikiardan gentam itsin, polim eksin, undan tashqari 
paraxtbrfenol, timol, fenol, formaldegid, evgenol, rezorsin, endosept, 
cresophene, septomixin, endotine, rookie, S, 4 et 8, tempophore va 
boshqa preparatlar qo‘ shilishi mumkin.
203


Ildiz kanallarini impregnatsiya qilish
Impregnatsiya (shimdirish) rezorsin-formalinli, kumushlash va 
yod-elektroforez usuIJari yomon o‘tuvchi ildiz kanallarida qoilaniladi.
Rezorsin-formalinli usul Albrext tomonidan taklif qilingan. 
Rezorsin-formalinli aralashma 40% formalin, to‘yingan rezorsin 
va katalizator sifatida 10% ishqoriy natriy dan tashkil topgan. Bu 
aralashma makro va mikrokanallarga shimiladi va polimerizatsiya 
reaksiyasi natijasida gazsimon formaldegid ajraladi, xuddi shu 
bilan bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Katalizator ta’sirida aralashma 
avval jelatinsimon, keyin qattiq shishasimon massaga aylanadi 
va m akro-m ikrokanallarni yaxshi germ etik berkitadi.
A.I.Yevdokimov katalizator sifatida antiformin eritmasini taklif 
qilgan. F.M.Mamedova 10% rezorsin, 10% formalin va katalizator 
sifatida 5% natriy bikarbonatni taklif etgan.
Rezorsin-formalin usuli dentin kanalchalariga bakteritsid ta’sir 
ko'rsatib, ildiz pulpasini impregnatsiya qilib, uni mum sifatiga olib 
keladi.
Lekin rezorsin-formalin usuli kamchiliklardan xoli emas:
1. Tishning rangini pushtiga bo‘yab qo‘yadi;
2. Periodontga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kumushlash usulida kumush kanallarga bakteritsid ta’sir 
ko‘rsatadi, chunki organik moddalar bilan reaksiyaga kinb, albuminat 
liosil qiladi va makro-mikrokanallarni sifatli obturatsiya qiladi. 
Kumushlash usulini 1925-yilda Gou taklif qilgan. Keyinchalik bu 
usul Govseev, Pekker, Platonov tomonlaridan modifikatsiya qilingan. 
30% AgN03 va 4% gidroxinon (Ya.S.Pekker bo‘yicha), 30% 
AgN03, 30% nashatir spirti va 10% formalin (Ye.Ye.Platonov 
bo‘yicha), 3,0- argentum nitrati, 50,0%- kaustik ammoniy va 10% 
formalin (Goubo‘yicha); 3% AgNO, va 4% gidroxinon (Govseev 
bo‘yicha) usul lari qoilaniladi '

^

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling