Stomatologiya propedevtikasi


Ildiz kanaliga medikamentoz ishlov berish (yuvish)


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Ildiz kanaliga medikamentoz ishlov berish (yuvish)
Kanalga medikamentoz ishlov berish (yuvish) 2 tausulda amalga 
oshiriladi:
204


1. Paxta turunda yordamida;
2. Endodontik shprits yordamida.
Paxta turunda yordamida kanallami yuvish uchun ildiz ignasiga 
nafis paxta tutami o‘ralib, antiseptikka namlangan holda kanalga 
kirgaziladi. Kanal paxta turundasining rangi toza paxta rangiga 
aylanguncha yuviladi.
Endodontik shprits yordamida kanal yuvilganda ignaning uchi 
3-5 mm ga apikal teshikkacha yetmasdan to ‘xtashi lozim. 
Antiseptik kanalga kichik bosimda kiritilishi kerak. Endodontik 
yuvish maqsadida bitta kanalga 10-15 ml antiseptik ishlatiladi.
Antiseptik ishlovdan so‘ng ildiz kanali qog‘ozli shtifl yoki iliq 
havo oqimi yordamida quritiladi.
Ildiz kanalini plombalash usuli
Endodontik davolashning natijasi yaxshi boiishi uchun ildiz 
kanalini sifatli plombalash zarur.
Ildiz kanalini plombalab periodont va kanal orasidagi aloqa 
yo‘qotiladi. Demak, ildiz kanaliga moijallangan plomba ashyosi 
kanal devoriga germetik yopishishi kerak, sterilgina b o ‘lib 
qolmasdan, balki rentgenkontrast xususiyati ham bo‘lishi lozim.
Plomba ashyosiga biologik, fizik, amaliy jihatlari tomonidan 
quyidagi talablar qo‘yiladi:
- Biologik - so ‘rilmasligi, bakteritsid va bakteriostatik ta’sir va 
to‘qimalarga moyillik;
- Fizik - hajmining turg‘unligi, havoli bo‘shliqlar yo‘qligi, kanal 
devori bilan mustahkam tutashganligi, pamlikni kam o'ziga tortishi, 
to'qima suyuqligida erimasligi;
- Amaliy - kanalga oson kiritilishi, rentgenkontrastligi, tishning 
rangini o‘zgartirmasligi, kanaldan oson chiqarilishi.
Ildiz kanallarini plom balash uchun quyidagi ashyolar 
qoilaniladi:
1. Plastik qotmaydiganlar:
a) Antiseptik pastalar (moy asosida).
2. Plastikqotuvchi:
a) Fosfat-sement;
205


b) Paratsin;

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling