1.
Paxta turunda yordamida;
2. Endodontik shprits yordamida.
Paxta turunda yordamida kanallami yuvish uchun ildiz ignasiga
nafis paxta tutami o‘ralib, antiseptikka namlangan holda kanalga
kirgaziladi. Kanal paxta turundasining
rangi toza paxta rangiga
aylanguncha yuviladi.
Endodontik shprits yordamida kanal yuvilganda ignaning uchi
3-5 mm ga apikal teshikkacha yetmasdan to ‘xtashi lozim.
Antiseptik kanalga kichik bosimda kiritilishi kerak.
Endodontik
yuvish maqsadida bitta kanalga 10-15 ml antiseptik ishlatiladi.
Antiseptik ishlovdan so‘ng ildiz kanali qog‘ozli shtifl yoki iliq
havo oqimi yordamida quritiladi.
Ildiz kanalini plombalash usuli
Endodontik davolashning natijasi yaxshi boiishi uchun ildiz
kanalini sifatli plombalash zarur.
Ildiz kanalini plombalab periodont
va kanal orasidagi aloqa
yo‘qotiladi. Demak, ildiz kanaliga moijallangan plomba ashyosi
kanal devoriga
germetik yopishishi kerak, sterilgina b o ‘lib
qolmasdan, balki rentgenkontrast xususiyati ham bo‘lishi lozim.
Plomba ashyosiga biologik, fizik,
amaliy jihatlari tomonidan
quyidagi talablar qo‘yiladi:
- Biologik - so ‘rilmasligi, bakteritsid va bakteriostatik ta’sir va
to‘qimalarga moyillik;
- Fizik - hajmining turg‘unligi, havoli bo‘shliqlar yo‘qligi, kanal
devori bilan mustahkam tutashganligi, pamlikni kam o'ziga tortishi,
to'qima suyuqligida erimasligi;
- Amaliy -
kanalga oson kiritilishi, rentgenkontrastligi, tishning
rangini o‘zgartirmasligi, kanaldan oson chiqarilishi.
Ildiz kanallarini plom balash
uchun quyidagi ashyolar
qoilaniladi:
1. Plastik qotmaydiganlar:
a) Antiseptik pastalar (moy asosida).
2. Plastikqotuvchi:
a) Fosfat-sement;
205