Stoxastik modellar va xo‘jalik faoliyatidagi omillar tizimining tahlili


Download 11.01 Kb.
bet2/4
Sana22.11.2023
Hajmi11.01 Kb.
#1794706
1   2   3   4
Bog'liq
11-Mavzu

Juft korrelyatsiya - bu bittasi omilli, boshqasi rezultativ bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishdir.
Ко‘p miqdorli korrelyatsiya esa rezultativ ko‘rsatkichlar bilan bir nechta omillaming o‘zaro ta’siri natijasida kelib chiqadi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda kengroq qo‘llaniladigan usul korrelyatsion tahlil hisoblanib, u ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni sonli ifodalash imkonini beradi.
Korrelyatsion tahlilni qo‘llashning zaruriy shartlari:
- o‘rganilayotgan omillar va rezultativ ko‘rsatkichlar haqida tanlanadigan ma’lumotlarning yetarlicha ko‘pligi (dinamikada yoki joriy yil uchun bir turdagi obyektlaming majmui);
- o‘rganilayotgan omillar sonli o‘lchamda bo‘lishi va axborotning u yoki bu manbaida aks etishi.
Korrelyatsion tahlilni qo‘llash quyidagi masalalarniyechish
imkonini beradi:
1) bir yoki bir nechta omillar ta’siri ostida bo‘lgan rezultativ
ko‘rsatkichlar o‘zgarishini aniqlash (absolyut o‘lchamda), ya’ni
omillining birlikka o ‘zgarishida rezultativ ko‘rsatkich kattaligi
necha birlikka o ‘zgarganini aniqlash;
2) har bir omildan rezultativ ko‘rsatkichning nisbiy bog‘lanish
darajasini o‘rnatish.
Korrelyatsion tahlilning asosiy vazifalaridan biri omillaming rezultativ ko'rsatkichlar kattaligiga (absolyut o‘lchamda) ta’sirini aniqlashdan iborat.
Bu masalani yechish uchun o‘rganilayotgan bog‘lanish (to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqli va h.k.) xarakterini yaxshiroq aks ettiradigan mos turdagi matematik tenglama tanlab olinadi.
Korxonaning xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy holatlari va
jarayonlari ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Bu kabi kompleks
omillaming o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganilayotgan holatni to‘liqroq xarakterlaydi.

Ko‘p miqdorli korrelyatsion tahlil bir nechta bosqichdan tashkil topadi.

  • Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan holatga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi va korrelyatsion tahlil uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lganlari tanlab olinadi.
  • Ikkinchi bosqichda korrelyatsion tahlil uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlar yig‘iladi va baholanadi.

Download 11.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling