Strategik boshqarish ijrochilari - Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funksiyalar boʻyicha vitse-prezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish boʻyicha javobgar hisoblanadilar. Har bir menejer oʻzining javobgarlik sohasi boʻyicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini kuzatib boradi. Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya boʻyicha menejerlarning 4 darajasi mavjud boʻladi: - ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogʻonasi rahbari; - alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar; - muayyan ishlab chiqarish boʻlinmasi boʻyicha funksional menejerlar; - asosiy operativ boʻlinmalar va regional boʻlimlar menejerlari; Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya boʻyicha bitta yoki ikkita menejer mavjud boʻladi.
Strategik menejerga qo ‘yiladigan asosiy talablar. Strategik menejerga qo ‘yiladigan asosiy talablar. - Bugungi kundagi murakkab va tez oʻzgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yoʻnalishda borishini ta’minlashdir (ular koʻpincha kompleks menejerlar deb ataladi).
- Ular biznesning ayrim funksiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat koʻrsatish, hisob) bajarilishini ta’minlaydigan funksional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatdan boshqarib, kompaniyada oʻziga xos oʻrin egallaydi. E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega boʻlishi kerak: - koʻp narsadan yaxshi xabardor boʻlishlari, - oʻz vaqti va energiyasini boshqara olishlari, - yaxshi siyosatchi boʻlishlari (konsensus topa olishlari), - ekspertlarga oʻxshab «bir narsaga yopishib olmasliklari», - dasturni xususiy yoʻnalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |