Strategik boshqaruvning besh vazifasi


Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 71.05 Kb.
bet4/23
Sana03.12.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1798060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org

Kompaniya strategiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Kompaniya strategiyasini aniqlashga koʻplab omillar ta’sir qiladi. Bu omillarning oʻzaro ta’siri har bir tarmoqda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, vaqt davomida oʻzgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Firma hamisha ham oʻzi xohlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uningharakatlari qonun, davlat siyosati, ijtimoiy tartiblash va jamiyat mavqei bilan
chegaralanadi. Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
1) jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik koʻrsatish;
2) ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab oʻz faoliyatinitartibga solish;
3) tartiblashtirnvchi me’yorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarurharakatlarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
4) aksiyadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari oʻrtasida muvozanatni saqlash;
5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash. Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga kattata’sir koʻrsatadi. Kompaniya strategiyasini shugʻullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi bilgan ishiga asosan qurilishi lozim.
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar.
Strategiya tuzishga yondoshuvlar quyidagicha boʻladi:
1) Bosh strategik yondoshuv - bunda strategiyani boshliqning oʻzi ishlab chiqadi. Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya detallariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chiqadi.
2) Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish boʻyicha personalga yoki
ishonch bildirilgan xodimlardan tuzilgan maxsus komissiyaga topshiradi.
3) Qoʻshma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv oʻrtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab chiqish kimlarga topshirilgan boʻlsa, uni ushalarning uzlari bajarishlari kerak boʻladi.
4) Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham, «gʻoyalar generatorlari» guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bilaks,
boshqaruvchi okilona strategiyani ishlab chiqish, himoya qilish va hayotga tadbik etish uchun menejerlarni oʻzlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin boʻlgan turt asosiy yondoshuvning
birortasi ham eng yaxshi yondoshuv sifatida yuzaga chiqmaydi. Ularning har birining kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling