Strategik menejment
Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment
Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
Chizmadan ko’rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi strategik harakatni ishlab chiqish jarayonida markaziy bo`g’in hisoblanadi. Bu yerda korxona rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlariga mablag’larni qo`yishi bo`yicha muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va investitsiyalar kamaytiriluvchi biznes- sohalarajratiladi. Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik boshqaruvda bajariluvchi mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon tashkilot maqsadlari o`rtasidagi barqaror teskari aloqani ta’minlaydi. Nazoratning asosiy vazifalari bo`lib quyidagilarhisoblanadi: nimani va qanday ko`rsatkichlar bo`yicha tekshirishni aniqlash; qabul qilingan standartlar, me’yorlar yoki boshqa ko`rsatkichlarga muvofiq nazorat qilinuvchi ob’ekt holatini baholashni amalga oshirish; o’tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini aniqlash; agar zarur va mumkin bo`lsa tuzatishni amalga oshirish. Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga erishishga olib kelishishni aniqlashga yo`naltirilgan. Bu strategik nazoratni boshqaruv yoki operativ nazoratdan ajratib turadi, chunki uni strategik rejani bajarish strategiyani amalga oshirish yoki alohida ishlar, funktsiyalar va operatsiyalarni bajarishning to`g’riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat kelgusida qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga oshirilish qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik nazorat natijalari bo`yicha tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli bo`lishi mumkin. Nazoratning asosiy maqsadlari qarorlar qabul qilish va bajarishning birligini ta’minlanishdan, mumkin bo`lgan xatolarni oldindan ko`ra olish va oldini olishdan, belgilangan yo`nalishdan chetga chiqishlarni o`z vaqtida aniqlashdan, belgilangan muddatlarda qo`yilgan maqsadlarga samarali erishishdan va h.k.lardan iborat. Nazoratning asosiy maqsadi esa qarorlarni qabul qilish tizimini yaxshilash imkonini beruvchi ichki zaxiralarni aniqlash va korxonani boshqarish samaradorligini oshirish yo`llarini izlashdir. Adabiyotda nazoratning dastlabki, yo`naltirilgan va natijaviy asosiy usullari ajratiladi. Dastlabki, nazoratning asosiy maqsadi strategiya va maqsadlarni shakllantirishning to`g’riligini belgilashdan iborat. Strategik boshqaruv kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin kutilmagan o`zgarishlarni hisobga olgan holda strategiyani amalga oshirishni boshqarish boshlanadi. Bu erda yo`naltiruvchi nazorat usulidan foydalaniladi. Strategiya bajarildi deb hisoblanganda olingan natijalar bo`yicha natijaviy nazorat amalga oshiriladi. Nazoratning bu turi qo`yilgan maqsad va vazifalarga erishish samaradorligini baholash va tahlil qilishga yo`naltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga bog’liq holda strategik boshqaruv jarayoni yoki strategiyaga tuzatishlarni kiritishuchun «vazifalarni qo`yish» bosqichiga qaytadi, yoki yangi strategik harakatni ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga o`tadi. Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash mumkin keyin ishlab chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu borada G.Mintsberg «ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) strategiyalarni ajratadi (5-rasm). Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling