Strategik menejment


-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1204654
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strategik menejment

3-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi 
harakatlanuvchi guruhlar
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim: 
-bizning biznesimiz nimadan iborat? 
-u qanday bo’ladi? 
-qanday bo’lishi kerak? 
Birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning 
biznesimiz nimadan iborat?», degan savolga beriladigan javob quyidagi 
savollarga ham javob topishni taqozoetadi: 
-kimningehtiyoji qondiriladi (qanday iste’molchilar guruhlari?) 
-qanday ehtiyojlar qondiriladi (iste’molchilarning qaysi ehtiyojlari?) 
-iste’molchilarning ehtiyojlari qanday qondiriladi (tajriba yoki farq 
qiluvchi ustunliklar?) 
Diversiyalangan 
kompaniya uchun «Bizning biznesimiz
nimadan iborat?», degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishikerak: 
Maqsadni belgilash 
Biznesni aniqlash 
Bosh tizimlar 
Biznes falsafasi 
Tashqi guruhlar: 
iste’molchilar; 
hukumat; 
kasaba 
uyushmalari; 
raqobatchilar; jamiyat. 
Ichki guruxlar: 
menejerlar; direktorlar 
kengashi; xissadorlar; 
yollanma ishchilar. 


-xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun iste’molchiga yo’naltirilgan (birgina 
biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchunham); 
-korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeliga 
yo’naltirilgan. Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-kompaniya portfelining maqsadlari; 
-xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli diversifikatsiyasi; 
-portfeldagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi balans. 
Oldiga maqsadlarni qo’yish biznes missiyasining maxsus maqsadlar 
qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo’linmasini 
kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. 
Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan 
har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda 
tarmoqning miqyosi va darajasi, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning 
qaytarilishi, dividendlarning o’sishi, bozor o’lchamlarini, sifatli mahsulot
yoki 
texnologiya peshqadamlikning obro’-
e’tibori, beqaror iqtisodiyotda ishlayolish qobiliyati, diversifikatsiya 
darajasi, moliyaviy qudrat, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, qiymat 
bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin. 
Mashhur kompaniyalarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan namunalar 
keltiramiz: 

Federal Express: Dunyodagi engkatta va eng yaxshi 
transportkompaniyasibo’lish; 

Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi 
korxonabo’lish; 

General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya 
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi 
o’rinni egallash; 

Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi 
bo’lish va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 
1500000 untsiyaga teng oltin zahirasiga egabo’lish; 

Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng 
qamrovliligini davom etgirish. Bu erda ham uzoq muddatli, ham 
qisqamuddatli maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil 
bo’ladi. Birinchidan, ular uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun 
nima qilish kerakligini ko’rsatadi, ikkinchidan, bunday maqsadlarning 
mavjudligi menejernibugungi qarorlarni qabul qilishda uzoq muddatli 
istiqbolni hisobga olishgaundaydi. 
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi 
natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular 
tashkilotga tanlab olingan yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni 
ham, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning talab qilingan darajasini ham 
(qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) ko’rsatadilar. 


Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi 
kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma’lum bir 
maqsadni belgilaydilar va so’ngra uning sari qat’iy harakat qiladilar. 
Odatda bunday menejerlar umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan 
kompaniyalarga qaraganda g’oliblikka yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu 
erda «daromadni ko’paytirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni 
oshirish», «savdo hajmini ko’paytirish»kabi iboralarni ishlatmaslik kerak. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha 
tabaqalariuchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar 
uchun vazifalarni aniqlashdan tashqari,ularni bajarishning muhimligini ham 
ta’minlaydi (shumaqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham 
ishtiroketadi). 
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini hisobga olish. 
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z 
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar.. 
Kompaniyaning hissadorlari uning qonuniy mulk egalari hisoblanadi. 
Binobarin, ko’pchilik korporatsiyalarning maqsadi xissadorlarning 
daromadlarini imkon qadar ko’paytirishdan iborat. Paychilar o’z 
kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda olishadi: 

dividendlardan; 
- bozor ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda)
kapitalning qiymatiortishidan. 
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yuli 
investitsiyalarning 
qaytish 
tezligini 
oshirish 
strategiyasidan 
foydalanishdir. Bu esa kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda 
yaxshi indikator sanaladi. Ya’ni uning samaradorligi qanchalik yuqori 
bo’lca, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori 
bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya 
aktsiyalariga bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling