Strategik menejment


Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1204654
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strategik menejment

Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash 
hamda nazorat qilish. 
Strategiyani amalga oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan 
u muvaffaqiyatli bajarish holatida firmani qo’yilgan maqsadlarga erishishi 
uchun imkoniyat yaratadi. Ko’p holatlarda firmalar o’zi tanlagan 
strategiyani amalga oshira olmaydilar. Bu yoki noto’g’ri tahlil o’tkazilishi 
va notqg’ri xulosalar qilinishi natijasida vujudga keladi, yoki tashqi 
muhitda ko’zda tutilgan o’zgarishlar sodir bo`lishi natijasida vujudga 
keladi. Biroq strategiya bajarilmasligining asosiy sababi boshqaruvni 
firma potentsialini strategiyani realizatsiya qilishga yetarli darajada jalb 
qila olmasligidandir. 
Ushbu bosqich qo`yilgan maqsadlarga qaysi eng samarali usul bilan 
erishish mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob 
berish imkonini beradi. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin 
bo`lganligi uchun strategiyani tanlash bosqichini ko`zlangan manzilga etib 
borishning marshruti va harakat vositasini tanlash kabi belgilash mumkin. 
Buning uchun iqtisodiy nazariyada strategiyalar xaritasi (tizimi) va 
strategik harakatning mexanizm (modellari) ro`yxati mavjud. 
Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni qabul qilishning uch darajasi, 
bosqichini o`z ichigaoladi: 
1) umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy 
rivojlanishining yo`nalishini ko`rsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iqtisodiy 
faoliyatining shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu 
yerda qo`shilish, sotib olish yoki biznesning biron turidan chiqish xaqidagi 
savollar, masalalar halqilinadi. 
2) ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda 
ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat 
ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida 
tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yo`naltiriladi. Bu 
erda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha istiqbollar ko`rib 
chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari ko`rib 
chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, 
baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlaraniqlashtiriladi. 
3) Funktsional. 
Funktsional 
strategiyalar 
bo`lim 
va 
xizmatlar 


harakatlarini korxonaning ishlab chiqarish bo`linmalari darajasida 
aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya va personal koporativ 
va ishbilarmon strategiyalarga erishishning o`z usulini rejalashtiradilar. 
Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional strategiya yaroqsiz 
mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yo`qotishlarini kamaytirish va 
boshqalardan iborat bo`lishimumkin. 
Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi chora-
tadbirlarni umumlashtirgan holda sxematik tarzda ko`rsatish va korxona 
strategiyasini 
«realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim 
bo`lgan natijalarni ajratish mumkin. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling