Strategik menejment


Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1204654
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strategik menejment

Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash 
Chizmadan ko’rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi 
strategik harakatni ishlab chiqish jarayonida markaziy bo`g’in hisoblanadi. 
Bu yerda korxona rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlariga mablag’larni 
qo`yishi bo`yicha muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va 
investitsiyalar kamaytiriluvchi biznes- sohalarajratiladi. 
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik 
boshqaruvda bajariluvchi mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur 
jarayon tashkilot maqsadlari o`rtasidagi barqaror teskari aloqani 
ta’minlaydi. Nazoratning asosiy vazifalari bo`lib quyidagilarhisoblanadi: 
nimani va qanday ko`rsatkichlar bo`yicha tekshirishni aniqlash; 
qabul qilingan standartlar, me’yorlar yoki boshqa ko`rsatkichlarga 
muvofiq nazorat qilinuvchi ob’ekt holatini baholashni amalga oshirish; 
o’tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini 
aniqlash; agar zarur va mumkin bo`lsa tuzatishni amalga oshirish. 
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma 
maqsadlariga 
erishishga olib kelishishni aniqlashga yo`naltirilgan. Bu strategik 
nazoratni boshqaruv yoki operativ nazoratdan ajratib turadi, chunki uni 
strategik rejani bajarish strategiyani amalga oshirish yoki alohida ishlar, 
funktsiyalar va operatsiyalarni bajarishning to`g’riligi qiziqtirmaydi. 
Strategik nazorat kelgusida qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya 
qilish mumkinligiga va ularning amalga oshirilish qo’yilgan maqsadlarga 
erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik nazorat natijalari bo`yicha 
tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli bo`lishi mumkin. 
Nazoratning asosiy maqsadlari qarorlar qabul qilish va bajarishning 
birligini ta’minlanishdan, mumkin bo`lgan xatolarni oldindan ko`ra olish 
va oldini olishdan, belgilangan yo`nalishdan chetga chiqishlarni o`z 
vaqtida aniqlashdan, belgilangan muddatlarda qo`yilgan maqsadlarga 
samarali erishishdan va h.k.lardan iborat. Nazoratning asosiy maqsadi esa 
qarorlarni qabul qilish tizimini yaxshilash imkonini beruvchi ichki 


zaxiralarni aniqlash va korxonani boshqarish samaradorligini oshirish 
yo`llarini izlashdir. 
Adabiyotda nazoratning dastlabki, yo`naltirilgan va natijaviy asosiy 
usullari ajratiladi. Dastlabki, nazoratning asosiy maqsadi strategiya va 
maqsadlarni shakllantirishning to`g’riligini belgilashdan iborat. Strategik 
boshqaruv kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin 
kutilmagan o`zgarishlarni hisobga olgan holda strategiyani amalga 
oshirishni boshqarish boshlanadi. Bu erda yo`naltiruvchi nazorat usulidan 
foydalaniladi. Strategiya bajarildi deb hisoblanganda olingan natijalar 
bo`yicha natijaviy nazorat amalga oshiriladi. Nazoratning bu turi 
qo`yilgan maqsad va vazifalarga erishish samaradorligini baholash va 
tahlil qilishga yo`naltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga bog’liq holda 
strategik boshqaruv jarayoni yoki strategiyaga tuzatishlarni kiritishuchun 
«vazifalarni qo`yish» bosqichiga qaytadi, yoki yangi strategik harakatni 
ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga o`tadi. 
Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash 
mumkin keyin ishlab chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu 
borada G.Mintsberg 
«ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) 
strategiyalarni ajratadi (5-rasm). 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling