Strategik menejment
Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Strategik menejment
Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash
hamda nazorat qilish. Strategiyani amalga oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan u muvaffaqiyatli bajarish holatida firmani qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun imkoniyat yaratadi. Ko’p holatlarda firmalar o’zi tanlagan strategiyani amalga oshira olmaydilar. Bu yoki noto’g’ri tahlil o’tkazilishi va notqg’ri xulosalar qilinishi natijasida vujudga keladi, yoki tashqi muhitda ko’zda tutilgan o’zgarishlar sodir bo`lishi natijasida vujudga keladi. Biroq strategiya bajarilmasligining asosiy sababi boshqaruvni firma potentsialini strategiyani realizatsiya qilishga yetarli darajada jalb qila olmasligidandir. Ushbu bosqich qo`yilgan maqsadlarga qaysi eng samarali usul bilan erishish mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob berish imkonini beradi. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin bo`lganligi uchun strategiyani tanlash bosqichini ko`zlangan manzilga etib borishning marshruti va harakat vositasini tanlash kabi belgilash mumkin. Buning uchun iqtisodiy nazariyada strategiyalar xaritasi (tizimi) va strategik harakatning mexanizm (modellari) ro`yxati mavjud. Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni qabul qilishning uch darajasi, bosqichini o`z ichigaoladi: 1) umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy rivojlanishining yo`nalishini ko`rsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iqtisodiy faoliyatining shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu yerda qo`shilish, sotib olish yoki biznesning biron turidan chiqish xaqidagi savollar, masalalar halqilinadi. 2) ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yo`naltiriladi. Bu erda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha istiqbollar ko`rib chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari ko`rib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlaraniqlashtiriladi. 3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bo`lim va xizmatlar harakatlarini korxonaning ishlab chiqarish bo`linmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya va personal koporativ va ishbilarmon strategiyalarga erishishning o`z usulini rejalashtiradilar. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional strategiya yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yo`qotishlarini kamaytirish va boshqalardan iborat bo`lishimumkin. Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi chora- tadbirlarni umumlashtirgan holda sxematik tarzda ko`rsatish va korxona strategiyasini «realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim bo`lgan natijalarni ajratish mumkin. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling