Strategik menejment


Firma strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1204654
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strategik menejment

Firma strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning 
vazifalari. Strategik boshqaruv strukturasi. 
Strategik boshqaruvni beshta o’zaro bog’langan boshqaruv masalalarining 
dinamik majmui sifatida ko’rish mumkin. Bu jarayonlar bir biridan kelib 
chiqadi. Biroq barqaror teskari aloqa va demak har bir jarayonning 
boshqalariga va ularning butun yig’indisiga teskari ta’siri mavjud. Bu 
strategik boshqaruv tizimining muhim xususiyati hisoblanadi. Strategik 
boshqaruv strukturasi sxematik tarzda 1-rasmda ko’rsatilgan. 


4- rasm. Strategik boshqaruv strukturasi. 
3.Strategik boshqarishning maqsadi va uningturlari. 
Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi 
kichik jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa 
firmaning faoliyat yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda 
ishlovchi odamlarga ularning joriy hatti-harkatlariga istiqbol nuqtai 
nazaridan ma’lum ma’no, mazmun berish imkoniyatigaega. 
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, 
firma vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) 
bo’lib tashkilot egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini 
sotib oluvchilar, firmaning hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat 
hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt manfaatlarining namoyon bo’lish 
darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan 
shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir. 
Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. 
Strategik boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash 
bilan tugallanadi. Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun 
faoliyat yuritayotganligi va 
nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa o`zini 
tutish strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin. 
Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi 
haqida aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot 
harakatining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi. 
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar 
hamda o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash 
uchun o’zaro raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof 
bo’lishga harakat qiladilar. 
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy 
maqsadlari xaqida 
o’ylantirishini amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng 
avvalo, rahbarlarni qiziqtirish lozim. Vazifa shunday shakllantirishi 


lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik jihatidan boshqalardan 
ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va kelajakdagi 
intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik mo`ljallarni aniqlaydi va 
taktik yo’nalishlarni ko`rsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti 
uchun o’ziga xos vazifabo’ladi. 
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo. «Tasavvur» atrofdagilar tasavvurida 
kompaniya qiyofasini shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini 
kompaniyaning bozordagi obrqsi (joriy yutuqlar) va kompaniya qziga 
tashqi muhitda ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj (kelajakdagi intilish) 
tashkil etadi. Tasavvurning asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? 
savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda, kompaniya faoliyatining sohasi, 
asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi guruhlar, faoliyatning geografik 
joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z navbatida, 
kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ 
maqsadlarga 
erishish 
qiziqishini 
oshirishga 
mo’ljallangan. 

kompaniyaning dunyoqarashini (strategik mqljallar) va asosiy qarash, 
nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. Kredo «Tashkilot nimaga 
intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor falsafa, 
boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosigaqaratiladi. 
Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki tashkilot vazifasining 
asosini tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. 
Bular: 
nom va status; tovar yoki xizmat; strategik mo`ljal; 
manfaatdor guruhlar; raqobatbardoshlik asosi. 
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, 
ancha o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda 
ham vazifa ifodasi korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda 
bqlishi lozim. Bunda iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, 
iqtisodiy sub’ekt ularni bajarishuchun o’z kuchi va resurslarining 
etarliligini baholashi kerak. Maqsadlar eng kamida realistik va 
erishiladigan bo’lishi lozim. 
Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har bir korxona o’zining asosiy 
maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha ajratiladi. 
Bular- korxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish 
darajasi, ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, 
boshqarish tizimi, personal malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu 
sohalar doirasida foyda-lilik, moliyaviy barqarorlik, bozor ulushining 
o’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta’minoti, diversifikatsiya, ishlab 
chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati, menejment 
tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi 
asosiy maqsadlar ajratiladi. 
U yoki bu korxona ko’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va 
qaysi tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib 
beruvchilar, xom ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. 


Shu bilan birga maqsadlarni shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi 
tamoyillar xaqida gapirish imkonini beruvchi qator tashqi makroiqtisodiy 
omillarni ajratish mumkin. Hozirgi korxonalar oldida tekshiruvlar va ilmiy 
yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga maqsadlar turibdi. Biznes 
globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro manfaatlarni hisobga 
olishga majburqilayapti. 
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil 
qilish bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling