Strategik menejment


-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana17.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1204654
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strategik menejment

5-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg 
buyicha). 
 
G.Mintsberg g’oyasi shundan iboratki, rejalashtirilgan strategiyaning bir 
qismini har doim amalga oshirish imkoni bo`lmaydi. Amalga 
oshirilganning katta qismi, odatda, boshida rejalashtirilgan strategiyaga 
kirmagan, shu sababli uni vujudga keluvchi strategiya deb nomlagan. 
Oxir-oqibatda amalga oshirilgan strategiya ongli strategiyaga kiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, amaliyotda ongli va vujudga keluvchi 
strategiyalarning ma’lum kombinatsiyasi amalga oshiriladi. 
Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda quyidagi asosiy xulosani 
keltirish mumkin. korxona strategik harakatini shakllantirishning mohiyati 


rivojlanish yo`nalishini aniqlashdan, tanlangan mo’ljalga samarali 
yaqinlashish bo`yicha chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan, 
shuningdek tanlangan strategiyani amalga oshirish jarayonini baholash va 
nazorat qilishdaniborat. 
Strategiyani boshqarish ijrochilari 
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar 
menejer hisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi 
funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, 
strategiyani, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi. 
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha 
vitse- prezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish 
bo’yicha javobgar hisoblanadilar. Har bir menejer o’zining javobgarlik 
sohasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning bajarilishini kuzatib 
boradi. 
Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab 
etilib, strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud: 
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pog’onasi rahbari; 
-alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar; 
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar; 
-asosiy tezkor bo’linmalar va mintaqaviy bo’limlar menejerlari. 
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta 
yoki ikkita menejer bo’ladi 
Strategik menejer va qo’yiladigan asosiy talablar. 
Bugungi kunda murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish 
uchun firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik 
menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot 
faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular kunincha 
kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim fuiktsiyalari 
(xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, 
hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi va 
butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o’ziga xos 
o’rinegallaydi. 
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik 
menejerlar quyidagi hislatlarga ega bo’lishi kerak: 
-ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari; 
- o’z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari, 
- yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari); 
-ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»; 
- dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim. 
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng 
ko’lamliboshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar 
tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil 
qilishlari kerak, bu ularga voqelikdan tez xabardor bo’lib turish 
imkoniniberadi. 


Ular o’z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o’rtasida 
to’g’ri taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni
taqsimlash kerakligi, qaysi paytda xususiy muammolarga aralashish 
kerakligini bilishlarilozim. 
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini 
egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’-e’tibori bilan ilgari surishuchuntazyiq 
ko’rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki 
rahbari sifatida ish tutishi lozim. 
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. 
U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi 
kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni 
o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling