MUSTAQIL TA'LIM UCHUN MATERIALLAR
mavzu
KEYS STADI
masala
Mahsulot sotishdan kelgan pul tushumi 18 mln. so'm, moddiy harajatlar 10 mln.so'm, ish haqi sarfi 4 mln.so'm, rag'batlantirish fondidan berilgan mablag' esa 1 mln.so'mga teng.
Vazifa: Foyda va ishlab chiqarishning rentabelligini aniqlang.
masala
“Uluk” korxonasi 2003 yilda 1 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2004 yilda esa, mahsulot ishlab chiqarish 110 foizga, 2005 yilda 120 foizga, 2006 yilda 140 foizga, 2007 yilda 160 foizga oshgan.2008 yilda esa rejaga binoan 2 barobar ko'payishi kerak. Ushbu korxonada 2 ming kishi ishlagan.Kelgusi yillarda esa xizmatchilar soni o'zgarmagan.
Vazifa:Mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini aniqlang va mehnat unumdorligining kupayishini hisoblang.
masala
Deraza va rom ishlab chiqarish korxonasi 2008 yilda 45,7 mln.so'm foyda olgan.Asosiy foyedlarnnig 2009 yil 1 yanvariga bo'lgan qoldiq qiymati 0,37 mln. So'mni tashkil etdi. Foyda solig'i 35 foizga teng.
Vazifa:Korxona fond rentabelligini aniqlang.
masala
Korxona asosiy fondlarining boshlang'ich qiymati 8 mln.so'mni tashkil etgan.Asosiy fondlarnnig qoldiq qiymati 6 mln.so'mga teng bo'lgan.Aylanma fondlarnnig o'rtacha yillik qiymati esa 10 mln.so'mni tashkil etgan. Jami foyda 5 mln.so'mdan iborat.
Vazifa:Korxona ishlab chiqarish samaradorligini aniqlang.
masala
Quyidagi ma'lumotlar asosida ishlab chiqarish samaradorligini aniqlang:
Asosiy fondlar- 865 ming so'm
Aylanma mablag'-685,4 ming so'm
Olingan daromad -18 mln.900 ming so'm.
Do'stlaringiz bilan baham: |