MUSTAQIL TA'LIM UCHUN MATERIALLAR
mavzu
Misollar
Bank 8 % yillik ustama xisobidan 100 mln. so'm mijozga ssuda berdi.
Savol: 3 oydan so'ng (foizlardan foizlarni xisobga olmaganda) bankning daromadi qancha bo'ladi?
Korxona 100 mln. so'mga teng shaxsiy kapitalga ega bo'lib, u yana bankdan yillik 10 % lik ustama bilan 50 mln. so'm kredit olmoqchi. Rejaga asosan foyda 30 % ni tashkil qiladi.
Savol: Tadbirkorning daromadi qanchaga teng bo'ladi?
Sizning 100 mln. so'mga teng kapitalingiz bor. Siz bu mablag'ni ikki alternativ soxaga qo'yishingiz mumkin, ya'ni kinofilm ishlab chiqarishga va savdoga;
Kinofilm ishlab chiqarishga sarf qilishning muvafaqqiyati extimolligi 0,2 ga, savdoniki 0,7 ga teng;
Kinofilmga sarf qilingan xarajatlarning muvafaqqiyatsizligi extimolligi -0,5 ga, savdoniki 0,3 ga teng;
Muvafaqqiyatga qozonganda kinofilm 90 %, savdo esa 30 % daromad beradi.
Savol: Qaysi soxaga pul qo'yish ko'proq daromad beradi?
Jamg'arma bank 100 ming so'mdan ortiq pul qo'yilmalari bo'yicha quyidagicha ustama xaq e'lon qildi:
bir yildan kam bo'lmagan muddatga 150 % yillik daromad;
olti oydan kam bo'lmagan muddatga - 130 % yillik daromad;
uch oydan kam bo'lmagan muddatga - 120 % yillik daromad.
Do'stlaringiz bilan baham: |