Strategik taxlil
Reja:
Strategiya masshtablari.
Strategik variantlar.
Strategik yulni baxolash.
Barkarorlik.
Kabul kiluvchanlik.
Strategik yullar: umumiy strategiyani tanlash.
Bozorga asoslangan strategik variantlar.
Resurslarga asoslangan strategik variantlar.
Strategik taxlil.
1.Strategiya masshtablari.
Strategik jarayon, strategiya mazmuni va strategiya konteksti – strategiyaning uch o‘lchovi bo‘lib, ular real xayotiy muamollarda tan oladi. Jarayon strategiya olib beriladigan usul bo‘lib, strategiya kanday shakllantiriladi, joriy etiladi va nazorat kilinadi degan savollarga javob beradi. Bu taxlil jarayoni bo‘lib, unda menejerlar muxitdagi imkoniyatlar va xavflarni, va kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini aniklaydilar. U o‘z ichiga kompaniyaning bozordagi pozitsiyasini va u resurslarni kanday ishlatish yo‘llarini kiritishi mumkin.
Mazmun – bu strategiya jarayonining maxsuli bo‘lib, u kompaniyaning turli bo‘limlari va kismlari uchun strategiya nimadan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Strategiya mazmuni funksional, biznes va korporativ darajalarda ko‘rib chikilishi mumkin. Funksional darajadagi strategiya marketing, moliya, va operatsiyalar kabi funksiyalar bilan boglik. Biznes darajadagi strategiya esa funksional strategiyalarni maxsus gurux xaridorlar uchun mo‘jallagan xizmatlar va maxsulotlar to‘plami bilan boglashga karatiladi. Ko‘pincha tashkilotlar bir biznesdan iborat bo‘lganligi sababli ularning korporativ va biznes strategiyalari bir xil bo‘ladi.
Kontekst strategik jarayon va strategiya mazmuni aniklanadigan sharoitlar bo‘lib, «kayerda» degan savolga javob beradi, ya’ni kaysi kompaniyada va kaysi muxitda degan savollarga javob izlanadi. Strategik jarayon va strategiya mazmuni sharoitlarning natijasi bo‘lib, kontekst ularni aniklaydi. Ikkinchi tomondan, menedjerlar xarakatlarni aniklashda katta erkinlikga ega va o‘z sharoitlarni keng belgilashlari mumkin.
Strategik rejalashtirish va boshkaruvda paydo bo‘ladigan xar bir muammo uch o‘lchovli bo‘lib, jarayon mazmun va kontekst belgilari – «kanday», «nima», «kayerda» jixatlari bilan boglik.
Do'stlaringiz bilan baham: |