Strategiya masshtablari. Strategik variantlar
Resurslarga asoslangan strategiya
Download 98 Kb.
|
6- Mavzu Strategik taxlil (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Strategik taxlil.
8. Resurslarga asoslangan strategiya.
Bu strategiyalar kompaniya uchun kushilgan kiymat kushish yoki xarajatlarni kamaytirish bilan boglik. Bunda kiymatni xom-ashyoni olish vaktida yoki ishlab chikarish jarayonlarida ko‘shish mumkin. Keyingi boskichlarda kiymat tadkikot va rivojlanish asosida, yoki reklama va bozorda joylashtirish orkali ko‘shilishi mumkin. Mototsikl kompaniyalari masalan o‘z modellarining xayot muddatini oshirish yoki ishlab chikarish jarayonini standartizatsiyalash orkali kiymat ko‘shishlari mumkin. Maxsulot nomini yaratish xam shuningdek, kiymat ko‘shishning turidir. Bu yukori narxda sotish uchun maxsus nom yoki simvol bo‘lib, ishlab chikaruvchiningobro‘si talabni kengaytirish imkonini beradi. Brend bu nafakat reputatsiya bilan boglik, xaridorlar dunyoning xoxlangan kismida MakDonald restoranidan nimani kutishni bilishadi. Resurslar nuktai nazaridan xar bir tashkilot unikaldir, bu asosiy kompetensiyalar kengligi va chukurligi uchun xam tugridir. Ular kunikmalar va texnologiyalar bo‘lib, ular tashkilotga xaridorlar uchun foyda yetkazish imkonini beradi. Asosiy kompetensiyalarni o‘rganish strategiyani rivojlantirishning muxim elementidir. Asosiy kompetensiyalarga asoslangan variantlarni shakllantirishning bir yo‘li - ularni kompetensiyalar iyerarxiyasi sifatida ko‘rib chikib, past darajadagi individual ko‘nikmalardan boshlab, tashkilot orkali yukori darajasidagi birlashgan bilim va ko‘nikmalarga o‘tishdir. 9. Strategik taxlil. Strategik karorlar uzok muddatli davrda afzalliklarga erishish masalasi bilan boglik. Ular tashkilot faoliyati yo‘nalishi, kaysi maxsulot va xizmatlarni ta’minlashi va kaysi bozorda ekanligi bilan boglik. Strategik moslikni kidirish tashkilot faoliyati bilan uning xaridorlari orasidagi moslikni kidirishdir, shu vaktning uzida tashkilot uchun mumkin bulgan imkoniyatlarni aniklash va kompaniya kelajagi uchun ularni ishlatishdir. Strategik karorlar shuningdek tashkilot resurslarini yaratish va imkoniyatlarni yaratish uchun kompetensiyalarni shakllantirishdir. Strategik tanlovlar asosiy resurs o‘zgarishlarini talab kilishi va operatsion karorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Strategiya nafakat operatsion jixatlar bilan boglik, balki tashkilotda xokimiyatga ega bo‘lganlarning kadriyatlari va kutishlari bilan boglik: sheriklar, ishchi kuchi, xissadorlar, moliyalashtirish agentliklari, va boshkaruvchilar. Strategik taxlil tashkilotning strategik pozitsiyasini tashki muxit, ichki resurslar va kompetensiyalar terminlarda tushunish bilan boglik, strategiya tashkilotning uzok vakt muddatdagi yo‘nalishi bilan boglik bo‘lib, resurslarni o‘zgaruvchan muxitda tashkil etish orkali rakobat afzalligiga erishishni ko‘zda tutadi. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling