Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash


Koʻpmillatli diversiyalash strategiyasi


Download 84.38 Kb.
bet20/23
Sana25.02.2023
Hajmi84.38 Kb.
#1227540
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Strategik javoblar to\'plami

Koʻpmillatli diversiyalash strategiyasi.
Diversiyalashning koʻpmillatli strategiyasini farqlantirib turuvchi belgisi portfelda korxonalar sonining va qamrab olingan milliy bozorlar sonining koʻpligi hisoblanadi. Bunday hollarda korporatsiya rahbariyati har bir tarmoqqa boʻlmaganda bittadan turli strategik yondoshuvlami rivojlantirib va qoʻllab borishi kerak. Menejerlar turli tarmoqlarga tegishli va turli mamlakatlarda joylashgan
firmalarning strategik tadbirlarini muvofiqlashtirish uchun muvaffaqiyatli yechimlar topishni bilishlari lozim. Strategik muvofiqlashtirishning maqsadi faoliyatining har bir sohasida va har bir milliy bozorda barqaror raqobat ustunligini
ta’minlash uchun resurslar va muvofiqlashtirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish hisoblanadi. 60-yillarning boshlanishida TNK turli mamlakatlarda butunlay mustaqil boʻlgan kichik korxonalar qatori sifatida mavjud boʻlgan. Ularning har biridan oʻz milliy qonunchiliklarining oʻziga xos xususiyatlariga muvofiq kelish talab etilgan. 70-yillardan boshlab koʻpmillatli strategiya oʻz samarasini yoʻqota boshladi. 80-yillardan boshlab raqobat ustunligining boshqa manba’i vujudga kela boshladi: bir yoʻla bir nechta tarmoqlarda kuchli raqobat pozitsiyalarini egallash uchun bogʻliq tarmoqlarni diversiyalashning strategik manfaatlaridan foydalanish.
Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash.
Diversiyalangan kompaniyaning strategik tahlili tashkilotning mavjud strategiyasini va uning ishbop faolligini baholashdan boshlanadi. Diversiyalangan kompaniyaning korporativ strategiyasi istiqbollari toʻgʻrisida quyidagi mabumotlar asosida xulosa chiqarish mumkin: Firmaning diversiyalanganlik darajasi qanday? Firma portfeli bogʻlangan yoki bogʻlanmagan diversiyalash asosida shakllantirilganmi yoki bu ikki turni uygunlashtirish asosidami? Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular koʻpmillatli yoki global xarakterga egami? Asosiy xoʻjalik birliklarini rivojlantirish yoki mavjud pozitsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan choralar qanday xarakterga ega? Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoqlarni egallashga doir qadamlar qoʻyilmoqdami? Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xoʻjalik birliklaridan qutilish uchun harakatlar qilinmoqdami? Korporativ boshqaruv strategik uzaro bogʻliqlardan manfaat olishga qaratilgan qanday harakatlarni amalga oshirmokda va raqobat ustunligini vujudga keltirish uchun diversiyalashdan qanday foydalanilmokda? Har bir xoʻjalik birliklariga kuyilgan kapital mablagʻlar qanday nisbatga ega? Joriy korporativ strategiyani belgilash uni ob’ektiv tahlil qilish hamda rahbariyat fikriga makbul boʻlgan uzgartirishlar kiritish uchun asos yaratadi. Matritsali tahlil yordamida diversiyalangan portfelni baholash. Diversiyalangan kompaniya faoliyati turlari sifatini baholashning eng keng tarqalgan usullaridan biri uning xoʻjalik portfelini matritsali tahlil qilish hisoblanadi. Xoʻjalik portfeli matritsasi diversiyalangan kompaniyani har bir tarkibiy birligining strategik pozitsiyalari takkoslangan jadval koʻrinishida boʻladi. Matritsa, strategic tahlil pozitsiyalarni tavsiflovchi har qanday ikkita koʻrsatkich asosida tuzilishi mumkin. Eng ahamiyatli koʻrsatkichlar boʻlib, tarmoqning oʻsish surʼatlari, biror ulushi, tarmoqning uzoq muddatli jozibaliligi, raqobatbardoshlik va u yoki bu mahsulot va bozorning rivojlanish bosqichi kabilar hisoblanadilar. Odatda matritsaning bir chizigi tarmoqning jozibaliligini koʻrsatsa, boshqasi undagi aniq faoliyat turlarining ahvolini koʻrsatadi. Xoʻjalik portfeli matritsalarining quyidagi xillari eng koʻp qoʻllaniladi:

Download 84.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling