Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash
■ « oʻsish / ulush» matritsasi; ■
Download 84.38 Kb.
|
Strategik javoblar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash
■ « oʻsish / ulush» matritsasi; ■ «tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi ahvoli» matritsasi; ■ tarmoqning hayotiy sikli matritsasi; ■ Mak Kinsey matritsasi.
Oʻrta korxonalar evolyusiyasining matritsasi. Bunday matritsaning ustunligi firma oʻrta korxonalarining hayot davrining turli bosqichlari boʻylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori salohiyatli «soʻroq belgisi» shaklidagi oʻrta korxonalar va «rivojlanayotgan gʻoliblar»ni kelgusida «ustivor gʻoliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qoʻllab-quvvatlash lozim. Potensial «yutqazayotgan» oʻrta korxonalarni imkon qadar tezroq «yechintirish» kerak. Yetuklik va pasayish bosqichlaridagi oʻrta korxonalardag biznesni shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu oʻrta korxonalarning har qanday ortiqcha pul mablagʻlari «rivojlanayotgan gʻoliblar»ni va oʻsishning sekinlashish bosqichini boshidan kechirayotgan oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim. Ushbu matritsa ham, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga oʻrta korxonalar portfelining muvozanatlashganlik darajasini baholashga imkon beradi. Muvozanatlashgan portfelda «ustivor gʻoliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», bir nechta «rivojlanayotgan gʻoliblar» va yuqori potensialli «soʻroq belgilari» boʻlishi lozim. Ayni paytda ushbu matritsa oʻrta korxonalar portfelining dinamikasini baholashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga qoʻshimchadir, chunki u koʻpgina muhim omillarni aks ettirmaydi Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash Diversiyalangan kompaniya strategiyasini baholashdagi asosiy masala, u kirib borayotgan tarmoqning jozibalilik masalasi hisoblanadi. Tarmoq qanchalik jozibali boʻlsa, firma oldida foyda olishning shunchalik yaxshi uzoq muddatli istiqbollari ochiladi. Tarmoqning jozibadorligini uchta yoʻnalish boʻyicha baholash mumkin: 1. Portfeldagi har bir tarmoqning jozibadorligi. Bunda quyidagi savol oʻrinli boʻladi: «Bu tarmoq kompaniya va unda ishlashi uchun yetarli darajada yaxshimi?» Kompaniyaga oʻz mablagʻini qoʻygan har bir tarmoq jozibalilik darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtishi mumkin. 2. Har bir tarmoqning boshqalarga nisbatan jozibadorligi. Bu holda javob berilishi kerak boʻlgan savol, «Portfelning qaysi tarmogi jozibalirok, qaysi biri jozibasizroq?» Tarmoqlarni shu koʻrsatkich boʻyicha turlarga boʻlish korporatsiya resurslarini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun dastlabki sharoit hisoblanadi. 3. Barcha tarmoqlarning yagona guruh sifatidagi jozibadorligi. Bunda quyidagi savol qoʻyiladi: «Tarmoqlar yigindisi kanchalar jozibali?» Daromadlarning va foydasi asosan jozibasiz tarmoqlardagi faoliyat turlari hisobiga shakllanayotgan kompaniyalar, balki oʻzining ishbop faollik portfelini qayta tarkiblash masalasini koʻrib chiqishi zarur boʻladi. Download 84.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling