Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash
Qisqartirish va tugatish strategiyasi
Download 84.38 Kb.
|
Strategik javoblar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tarkiblashtirish strategiyasi.
Qisqartirish va tugatish strategiyasi.
Korporatsiya faoliyatining aniq yoʻnalishi uz jozibasini yoʻqotib qoʻysa, bunday ahvoldan omadli chiqish yoʻli biznesni sotish hisoblanadi. Mahsulotni sotish vaqtini va zaruratini aniqlashning muhim tamoyili «Agar biz mazkur faoliyat bilan shugʻullanmaganimizda, hozir shu sohada ish boshlarmidik?» degan savolga javob berish hisoblanadi. Agar javob salbiy boʻlsa, bunday korxonani sotish imkoniyatlarini hisoblab chiqish zarur. Bunday korxonadan qutilishning ikkita yuli bor: 1. «Bosh» kompaniya aksiyalarini bir qismini saqlab qolgan holda yoki ulardan butunlay qutilib, bunday biznesdan chiqib ketishi mumkin. 2. Korporatsiya mahsulotni bevosita tashkariga sotishi mumkin, lekin bu holdaxaridor topish kerak boʻladi. Odatda sotishda «Mazkur biznesni biz kimga sotishimiz va buning uchun biz qancha olishimiz mumkin?» degan nuqtai nazardan qaramaslik kerak. Aksincha, «Kim uchun bu korxona muvaffaqiyatli harid boʻlishi va qanday vaziyatda ular uchun ma’qul boʻlishi mumkin?» deb soʻralsa oqilona ish boʻladi. Qaysi tashkilot uchun bunday korxonani sotib olish shubxasiz foydali boʻlsa, shu tashkilot eng yuqori bahoda sotib olishi mumkin. Barcha mavjud strategik muqobil variantlar ichida tugatish aynikqa yagona biznes bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun eng noxush va ayanchli hisoblanadi. Chunki ular uchun bunday vaziyat tirikchilik oʻtkazishni butunlay toʻxtatishni bildiradi. Shunga qaramay ilojsiz qolgan sharoitda erta tugatish, bankrot boʻlishga qaraqanda aksiyadorlar manfaatiga mos keladi. Qayta tarkiblashtirish strategiyasi. Portfelni tiklash tejamkorlik va qayta tarkiblash strategiyasi xaridorlari qashshoqlashayotgan korxonalarda vaziyatni oʻzgartirish talab etilgan taqdirda qoʻllaniladi. Tiklashning korporativ strategiyasi zararga ishlayotgan korxonalardan qutilishga emas, ularni qayta tiklashga urgu beradi. Bunday strategiyaning maqsadi xaridorlarning umumiy sonini kamayishiga «katta hissa» kushayotgan korxonalarning muammolarini hal etish yoʻli bilan korporatsiyani sogʻlomlashtirishdan iborat. Tejamkorlikning korporativ strategiyasi diversiyalash miqyoslarini qisqartirish va korxonalar sonini kamaytirishga oʻz eʼtiborini qaratadi. Portfelni qayta tarkiblash strategiyasi tarkibni va korporatsiyaning ishbop portfelida foiz nisbatlarini tubdan qayta koʻrib chiqishni oʻz ichiga oladi. Qayta tarkiblashga boʻlgan ehtiyoj quyidagi vaziyatlarda paydo boʻlishi mumkin: 1. Korporatsiyani strategik tahlil qilish portfelda sekin rivojlanayotgan, zarar bilan ishlayotgan va zaif korxonalarning katta hajmda mavjudligi natijasida kompaniyaning uzoq muddatdagi istiqbollari oʻz jozibasini yoʻqotib qoʻyganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish 2. Bir yoki bir nechta kalit yoʻnalishlar qiyin paytlarni boshdan kechirayotgan paytlarida. 3. Kompaniyaning yangi rahbariyati korporatsiyaning strategik siyosatini qayta koʻrib chiqish haqida qaror qabul qiladi. 4. Yangi texnologiyalar va mahsulotlar paydo boʻladi. Download 84.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling