Strategiya yaratishning vazifalari


Strategik ko’rishni shakllantirish


Download 146 Kb.
bet5/10
Sana22.11.2023
Hajmi146 Kb.
#1794768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farhod

Strategik ko’rishni shakllantirish
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir‑biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, xar bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.
Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jixatdan iborat4:

  1. kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish;

  2. kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan tushuntirib berish;

  3. kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida qaror qabo’l qilish;

Faoliyat doirasini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni xisobga olish lozim:

  1. axolining extiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak

  2. xaridorlar guruxi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz

  3. texnik va funktsional ijro, ya’ni xaridorlar extiyojini qanday qondiramiz

SHunday qilib, birinchi masalani to’g’ri xal qilish uchun «nimaga bo’lgan extiyojni, qanday qilib va kimning extiyojini qondiramiz» - degan savollarga javob topish lozim.
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:

  1. umumiy

  2. detallashtirilgan

Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayoxatlar va turizm. Detallashtirilgan belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib dengizida plyaj tashkil etish va xokazo.

Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling