Strategiya yaratishning vazifalari


Kompaniya maqsadlarini o’rnatish


Download 146 Kb.
bet6/10
Sana22.11.2023
Hajmi146 Kb.
#1794768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farhod

2.Kompaniya maqsadlarini o’rnatish
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu korxona boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
Korxonaning o’zoq muddatli rejalari aniq o’lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va Korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so’zlar bo’lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik Korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristiqalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:

  • Korxonaning biznesini aniqlash

  • uning asosiy maqsadlarini belgilash

  • korporativ falsafani aniqlash.

Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (3-rasm.)

Ichki guruhlar:
Menejerlar.
Direktorlar kengashi.
Aktsionerlar.
Yollanma ishchilar.


Maqsadni belgilash.
Biznesni aniqash.
Bosh tizimlar.
Biznes falsafasi

Tashqi guruhlar:
Iste’molchilar.
Etkazuvchilar. Xukumat.
Kasaba uyushmalari.
Raqobatchilar.
Jamiyat.






Vazifa va mavqeidan kelib chiqib strategiyani ifodalash


3-rasm. Maqsadni belgilash va korxona strategiyasini shakllantirishda xarakatlanuvchi guruhlar


Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
- Bizning biznesimiz nimadan iborat?
- U qanday bo’ladi?
- U qanday bo’lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug’ullanuvi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni taqozo etadi:
- kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)?
- qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)?
- istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi ustunliklar)?
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);
- korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan.
Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans.
Kompaniyaning strategiyasini shakllantirishga ko'plab omillar ta'sir ko'rsatadi. Ushbu omillarning o'zaro ta'siri har bir sanoat va kompaniya uchun o'ziga xosdir va har doim o'z vaqtida o'zgaradi. Hech qachon bir xil strategiyalarni tanlash shu kabi vaziyatlarda sodir bo'lmadi.
Strategiyani belgilovchi omillar har doim bir-biridan farq qiladi va odatda juda kuchli. Strategiyani shakllantirishning asosiy omillari quyidagilarni o'z ichiga oladi: ijtimoiy, siyosiy, fuqarolik va tartibga oluvchi me'yorlar; sanoatning jozibadorligi va raqobat shartlari; muayyan bozor imkoniyatlari va tahdidlar; tashkilotning kuchli va zaif tomonlari, uning raqobatbardosh imkoniyatlari; shaxsiy maqsadlari, biznes falsafasi, va axloqiy fikr rahbarlari; kompaniyaning qadriyatlari va madaniyati;
Odatda, strategiya ichki va tashqi vaziyat o'rtasidagi chegara amalga oshirilmasa, muvaffaqiyatga erishmaydi, muhim raqobatbardosh ustunliklarni sotib olish ta'minlanmaydi va kompaniya faoliyati yaxshilanmaydi.

Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling