Strukturalari


Download 80.5 Kb.
bet7/8
Sana18.12.2022
Hajmi80.5 Kb.
#1031012
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.Mavzu. BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI

Lizing firmalar - bunda salohiyati qudratli xo‘jalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari bo‘lmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so‘ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

  • Injiniring firmalari - ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.

  • Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug‘ullanadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash faoliyat turlariga ko‘maklashadi.

  • Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo‘lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug‘ullanadi.

    1. Seleng firmalari - ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o‘z ehtiyojlari bo‘yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli qog‘ozlar kiradi.

    2. Trast firmalari - bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Trast firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:

      • korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;

      • nomli aktsiyalardan foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;

      • moliyaviy mablag‘lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog‘ozlar va hokazolardan foydalanish.



    Qisqa xulosalar
    Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo‘ysunishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi.
    Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
    Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o‘z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o‘tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.



    Download 80.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling