«студенческий вестник»


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 3.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/67
Sana25.07.2023
Hajmi3.52 Mb.
#1662483
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
Мақола 2021 муҳокама

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Манипуляция сознанием [Электронный ресурс] // Саморазвитие. Самосовершенствование. 
Личностный рост.
2. Штайн К.Э. Манипулятивная стратегия как средство гармонизации общения в рамках 
рекламного текста // Этика и социология текста: Сб. ст. науч.-метод. Семинара «TEXTUS». 
Вып. № 10. Санкт-Петербург. Ставрополь: Изд-во СГУ, 2004. С. 304–306. 
3. Доценко Е.Л. Психология манипуляции. М., 1997. С. 165–173. 


Журнал «Студенческий вестник» 
№ 7 (152), часть 3, 2021 г. 
91 
BO'LIM 3. 
FILOLOGIYA 
 
INGLIZ TILINING AHAMIYATI VA TIL O’RGATISHNING
INNOVATSION USULLARI 
Xusainova Kamolaxon Muhammadalixon qizi 
Namangan Davlat Universiteti “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” 
 fakulteti 2-bosqich talabasi, 
O‘zbekiston, Namangan 
Fayzullayeva Zarina Ubaydulloyevna 
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” 
 fakulteti 2-bosqich talabasi, 
O‘zbekiston, Namangan 
ANNOTATSIYA 
Ingliz tilini o’rganishning imkoniyatlari va foydali tomonlarini hisobga olgan holda uni 
o’rgatishning innovatsion yo’llarini o’rganish lozim. Respublikamizda chet tillarini o’rganishga 
qaratilayotgan e’tiborga munosib ravishda yoshlarning bu sohadagi qobiliyatlarini shakllantirishga 
yordam berish va ularni chet tillariga bo’lgan qiziqishini orttirish kerak. Shu bilan bir qatorda, 
O’zbekistondagi ingliz tili fani darsliklari bilan Angliyadagi darsliklarining farqli va o’xshash 
tomonlarini o’rganish hamda tahlil qilish orqali kerakli xulosalar chiqarish zarur.
 
Kalit so’zlar: chet tillari, ta’lim, innovatsion usul, ingliz tili darsligi, bilim, o’quv dasturi.
Mustaqil Respublikamizning kelajagi, ertangi kuni yoshlarimizning aql-idroki, erkin fikrlay 
olishi, ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatining shakllanib borishiga bog’liq. Inson qancha ko’p tilni 
o’rgansa, shuncha ko’p xalqning madaniyati bilan tanishib boradi va dunyoqarashi ham ancha 
kengayib boraveradi. Xorijiy tillarga bo’lgan ehtiyoj bugungi kunda rivojlanib borayotgan 
O’zbekistonning ham dunyoda o’ziga xos o’rnini yanada mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy 
yuksalishini ta’minlashda ham muhim rol egallaydi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o’z 
nutqlarida: “Bizning asosiy maqsadimiz-yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga 
erishish, ularning o’z qobiliyatiga va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni 
yaratib berishdan iborat [1]”, - deb ta’kidlaganlar. Hech birimizga sir emaski, hozirgi kunda chet 
tillarini xususan, ingliz tilini o’rganishga talab ko’p. O’quvchini o’z ona tilini o’rganishga qiziqishining 
ortishi albatta, o’qituvchining dars o’tish metodi, usuliga bog’liq. Shu jumladan, ingliz tilini o’qitishda 
ham o’ziga xos innovatsion usullaridan, pedagogik texnologiyalaridan foydalanish lozim. Bugungi 
kunda ko’p hollarda dars jarayonida o’qituvchi hukmron bo’lib, u bilim va ma’lumot uzatuvchi, va 
yoshlarning xulq-atvori bo’yicha o’z fikrlarini, maslahatlarini, ko’rsatmalarini bildiruvchi sifatida 
o’zlarini tutmoqdalar. O’quvchilarga ayniqsa, endi til o’rganishni boshlagan yosh avlodga, dars o’tish 
jarayonida turli xil videoroliklardan, rasmlardan, “videotopishmoq”, “muzyorar”, “3x4” [2] kabi 
interaktiv dars usullaridan foydalanish, o’tilgan mavzuga oid turli xil kichik sahna ko’rinishlari tashkil 
qilish, ularning eshitish (listening) qobiliyatini rivojlantirish maqsadida ingliz tilidagi qo’shiqlarni 
dars jarayonida qo’llash orqali ularning yangi o’rganayotgan tiliga nisbatan qizishini uyg’otish lozim.
2014-yilda Angliyadagi ingliz tili fanining milliy o’quv dasturi o’quvchilarning oldiga quyidagi 
talablarni qo’yadi: 
 yaxshi tushungan holda oson va ravon mutolaa qilish; 


Журнал «Студенческий вестник» 
№ 7 (152), часть 3, 2021 г. 
92 
 keng so’z boyligini egallash, grammatikani tushunish, lingvistik bilimlar, o’qish, yozish uchun 
konventsiyalar va nutq tili; 
 aniq va bir-biriga mantiqan bog’langan holda yoza bilish; 
 tinglash va gapirishda yetarli bilimga ega bo’lish [3]. 
Bundan ko’rinib turibdiki, Angliyadagi o’quvchilar shu talablarga javob bersalargina maktabni 
yaxshi bahoga bitira oladilar. Yurtimizdagi boshlang’ich sinf darsliklariga nazar tashlar ekanmiz
Angliyadagi darsliklar bilan ba’zi o’xshash va farqli jihatlariga duch kelamiz. O’zbekistondagi 3-
sinflar uchun mo’ljallangan ingliz tili darsligining “Unit 1. Lesson 3. My mum is a teacher?” 
mavzusini tahlil qiladigan bo’lsak, mavzu doirasidan kelib chiqib audio materiallar berib o’tilgan 
hamda rasmlar va o’yinlar orqali mavzu yoritib borilgan.
 Listen and sing. 
 Work in pairs. Point and say 
 Play. “My dad’s a doctor.” 
e.g. A: My dad’s a doctor. 
B: My dad’s a … [4]. 
Ko’rib o’tganimiz yurtimizdagi 3-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan darslik bo’lib, unda 
shu kabi topshiriqlar berilgan. Angliyadagi darsliklarga nazar soladigan bo’lsak, ularda o’quv rejasi 
talabidan kelib chiqqan holda mavzular yoritilgan, ya’ni har bir mavzu ichida o’quvchining eshitish 
(listening), o’qish (reading), gapirish (speaking) hamda yozish (writing) qobiliyatlarini o’stirishga 
doir topshiriq va o’yinlar berib o’tilgan. Bu orqali ular o’quvchining til o’rganishga bo’lgan 
qobiliyatini har dars davomida rivojlantirib borishadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, ikkala darslikda ham o’quvchining ingliz tiliga bo’lgan 
qiziqishini orttirib, uning til o’rganish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar mavjud. 
Bir narsani unutmasligimiz joizki, Angliyada davlat tili – ingliz tili, ya’ni o’quvchilar yoshliklarida 
eshitib, voyaga yetgan tillarini o’rganadilar. Biz esa ingliz tilini xorijiy til sifatida o’rganamiz. Aynan 
shu sabab, Angliyadagi ingliz tili darsliklari bizning darsliklardan ko’ra biroz murakkab hisoblanadi. 
Hozirgi kunda yurtimizda chet tillarini o’rganishga berilayotgan e’tibor tufayli asta-sekin ingliz tili 
darsliklari ham Angliya darsliklari kabi murakkablashib boradi. Bu esa albatta, o’quvchilarning bilim 
salohiyati bilan chambarchas bog’liq. Shunday ekan, ularni har tomonlama til o’rganishga bo’lgan 
qiziqishini orttirishimiz, qaysi kasb sohasini tanlamasin ingliz tilida erkin va ravon gapira oladigan 
qilib ta’lim-tarbiya berishimiz zarur. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning darsliklari, o’quv 
rejalari bilan tanishib, ulardan kerakli xulosalarni olib amalda qo’llash orqali biz yorqin kelajak sari 
olg’a qadam tashlagan bo’lamiz. 

Download 3.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling