«студенческий вестник»


O'ZBEK TILIDAGI MAQOLALAR


Download 3.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/67
Sana25.07.2023
Hajmi3.52 Mb.
#1662483
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
Bog'liq
Мақола 2021 муҳокама

O'ZBEK TILIDAGI MAQOLALAR 
 
GUMANITAR 
 
BO'LIM 1. 
ADABIYOT 
 
A.NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONI VA UNDAGI 
HIKOYATLARNING INSON MA’NAVIY KAMOLOTGA YETISHISHIDAGI 
AHAMIYATI 
Khafiza Mukhtorova Ikhtiyor qizi 
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti talabasi, 
O’zbekiston, Jizzax 
 
ANNOTATSIYA 
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni yaratilish tarixi, undagi inson kamolotiga ijobiy 
xissa qo’shishdagi bemisil ahamiyatga ega hikoyalar, inson tabiatida uchraydigan yovuz illatlarning 
qoralanishi va dostonda keltirilgan majoziy obrazlar va ularning kichik tahlillari. 
 
Kalit so’zlar: majoziy obraz, hamd, munojat, ijtimoiy-siyosiy hikoyalar, falsafiy hikoyalar, din 
va tasavvufga oid hikoyatlar, axloqiy-ta’limiy hikoyatlar, badiiy uslublar. 
Alisher Navoiy umrining oxirgi yillarida ya'ni 1499-yilda o'zi yoshligidan orzu qilib javob 
sifatida yozmoqchi bo'lgan dostoni "Lison ut-tayr" (Qush tili) dostonini yozdi. Ushbu doston hajmi 
3666 bayt, 193 bobdan iborat. Navoiy bolaligida fors-tojik shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-
tayr" (Qush nutqi) dostonini yod olgan. Mana shu dostonni sevib o'qib, yod olish jarayonida qushlar 
bilan majozan inson haqidagi hayot uni hayratga solgan. Keyinchalik umrining so'nggida, o'zining 
falsafiy tafakkuri yuksalgan paytda ushbu dostonga javoban "Lison ut-tayr" dostonini yozdi. 
Dostonning kirish qismida an'anaviy hamd, nat, munojatlardan so'ng ustozi Farididdin Attorga 
alohida bag'ishlab bob yozadi. Mana shu yo'lda ustozini "ma'naviy ota" deb ataydi. Alisher 
Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni ulug` mutafakkir shoirning butun ijodiy faoliyati davomida ilgari 
surilgan ilg`or falsafiy qarashlarni umumlashtirib, ularga yakun yasaydigan asar sifatida muallif 
ijodida o`ziga xos o`rin egallaydi. Asarda faqat tasavvufiy-falsafiy g`oyalar emas, balki axloqiy- 
ta’limiy yo`nalishdagi turli fikrlar ham keltiriladi. “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlar insonning 
ma’naviy kamolotga yetishishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Navoiy hikoyalari mavzui, 
g`oyaviy mazmuni, obrazlari va badiiy uslubi jihatdan xilma- xildir. Ularning ko`pchiligi odob-axloq, 
ilm-ma’rifat, insof-adolat, sevgi va sadoqat, mehnat va mehmondo`stlik kabi masalalarga 
bag`ishlangan dunyoviy hikoyatlardir (Bunday hikoyalar “Nasoyim ul-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va 
hukamo” kabi asarlar sirasidan ham sezilarli o`rin olgan).” Asarda 65 ta hikoyat mavjud bo`lib, ular 
hikoya ichida hikoya shaklida qushlar tilidan bayon etiladi. Adabiyotshunos Sh. Sharipov o`zining 
“Lison ut-tayr haqiqati” kitobida doston tarkibiga kirgan hikoyatlarni mavzu jihatdan quyidagi 
guruhlarga ajratadi: 
“ 1. Ijtimoiy-siyosiy va falsafiy mazmundagi hikoyatlar. 
2. Din va tasavvuf vakillari, ularning ba’zi muhim qarashlariga oid hikoyatlar. 


Журнал «Студенческий вестник» 
№ 7 (152), часть 3, 2021 г. 
88 
3. Axloqiy-ta’limiy hikoyatlar. 
4. Ishq-muhabbat mavzuidagi hikoyatlar.” 
Biz odob-axloq masalalariga bag`ishlangan hikoyatlarga asosiy e’tiborimizni qaratdik. 
Dostonda keltirilgan hikoyatlarning katta qismini axloqiy-ta’limiy ruhdagi hikoyatlar tashkil etadi. 
Navoiy kishilarda mavjud bo`lgan turli salbiy xususiyatlarni, ya’ni uquvsizlik, xasislik, ilmsizlik, 
dangasalik va mol-dunyoga mehr berish qanday oqibatlarga olib kelishini turli hikoyatlar orqali aytib 
o`tadi. Masalan, asarda uquvsiz bog`bon, tanbal kishi, soxta gavharfurush, Muqbil va Mudbir, 
mechkay polvon, bir umr xazina izlagan telba kishi, hind savdogari, xomxayol qalandar kabi 20 ga 
yaqin hikoyatlarda insonlarga xos bo`lgan turli illatlar ko`rsatib o`tiladi : 
“Bog`bone bor edi bas behunar
Bog`bonlik san’atidin bexabar. 
Ne shajar payvand qilmoq shevasi, 
Kim halovat hosil etkay mevasi.”
Uquvsiz bog`bon haqidagi hikoyat asarning XLIV bobida Hudhud tomonidan Qumriga aytiladi. 
Bog`bon bog`bonlik san’atidan bexabar bo`lib, u na daraxt payvand qilib, undan huzur-halovat 
beruvchi meva olishni, na ularni parvarish qilishni bilardi. Oxiri uni ilon chaqib o`ldiradi. Navoiy bu 
bilan har kim o`ziga mos ilm, odob- axloqqa ega bo`lishi kerakligini aytmoqchi bo`ladi. Dostonning 
XLVII bobida bir tanbal kishi haqidagi hikoyat keltirilgan. 
Xalq ichinda bor edi beg`ayrate, 
Elga beg`ayratlig`idin hayrate. (63-bet) 
Bu hikoyatda insonga xos eng yomon illatlardan biri bo`lgan ishyoqmaslik, tanballikning 
oqibati qanday bo`lishini ko`rsatib o`tiladi. Insonlarning beradigan yeguligi evaziga musht yeb, oxir 
joyida turolmay qoladi. Boshqa bir hikoyat oson xazina topishga urinish va uning oqibati haqida: 
Bor edi bir mulk aro devonae, 
Kecha- kunduz maskani vayronae. 
Ganj umidi birla umrin o`tkozib, 
Har dam ul vayrona bir yonin qozib.(76-bet) 
Bunda buzuq nafsi va yolg`onchiligi insonni qanaqa ahvolga solishi aytib o`tiladi. “Nafsni 
yengish- yomon xulqlardan qutilish degan gap. Odam takabburlik,zo`ravonlik yo`lini tutmay, 
yaxshilik sari intilsa, unda ulug`lik va donishmandlikdan boshqa narsa topolmaysiz. U o`zidagi 
johiliyatlardan voz kechsa, habibulloh, ya’ni ollohning do`sti- Muhammad payg`ambar kabi boru-
yo`qdan ogoh bo`ladi.” Xullas, Navoiy dostonda Hudhud tilidan keltirilgan hikoyatlarning 
ko`pchiligi inson odob-axloqi,uning ma`naviy kamolotga yetishi uchun muhim hisoblanib, har bir 
kishini turli yomon illatlardan uzoqroq yurishga va faqat ezgu amallar qilishga undaydi! 

Download 3.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling