Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash


Download 147.61 Kb.
bet31/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv to‘g‘risidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yuborilganda.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning o‘z mol-mulkiga bo‘lgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga o‘tadi.
Davlat ijrochisi qarorining ko‘chirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan so‘ng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur bo‘lgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo‘yicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.
Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining ko‘chirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.
(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling