Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 147.61 Kb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA
482-modda. Undiruvni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining va ular mijozlarining pul mablag‘lariga hamda qimmatli qog‘ozlariga qaratish xususiyatlari
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan hisobvarag‘idagi pul mablag‘lariga qaratilishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlariga qaratilishi mumkin emas. (482-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) 483-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari Yuridik shaxsning qarzlari bo‘yicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli bo‘lmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) pul mablag‘lariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xo‘jaligining rahbari, dehqon xo‘jaligining a’zolari, ishlab chiqarish kooperativining a’zolari, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari, to‘liq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi to‘liq sheriklar pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki bo‘lmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, to‘liq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi. Download 147.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling