Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 147.61 Kb.
bet40/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

484-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish
Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin:
ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq;
(484-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq;
qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli bo‘lgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.
485-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha, shu jumladan mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar bo‘yicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, davlat ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida davlat ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish to‘g‘risida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha debitor to‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘lariga qaratish qarzdor o‘z debitori bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
Debitor o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, davlat ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoxud solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilganidan farq qilsa, debitor o‘sha muddatda davlat ijrochisiga o‘zi tan olgan summani ko‘rsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.
Qarzdor bilan uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;
debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;
qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda esa, debitorning o‘z muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan imzosi;
solishtirma dalolatnoma tuzilgan sana.
Qarzdor va uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi u davlat ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan o‘tib ketmagan sanaga tuzilgan bo‘lishi kerak.
Davlat ijrochisi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:
uni undirish uchun da’vo muddati o‘tgan bo‘lsa;
qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organining ish yuritishida bo‘lsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati o‘tgan bo‘lsa yoxud ushbu ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari belgilangan tartibda to‘xtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan) bo‘lsa;
debitor huquqiy yordam to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan chet davlatda turgan bo‘lsa;
debitor tugatilish jarayonida bo‘lsa yoki unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan bo‘lsa;
debitor o‘z faoliyatini tugatgan va yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lsa.
(485-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling