Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish


Download 147.61 Kb.
bet47/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat’i nazar, xatlangan kundan e’tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
(56-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha;
mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
(56-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o‘ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta realizatsiya qilish chog‘idagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni o‘zida qoldirishni taklif qiladi.
(56-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o‘rtacha narxida o‘zida qoldirishni taklif etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(56-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o‘z qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol-mulk mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
(56-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq to‘languniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek ko‘chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(56-moddaning uchinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan uchinchi — o‘n uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling