Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash


Download 147.61 Kb.
bet44/68
Sana16.06.2023
Hajmi147.61 Kb.
#1498142
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA

53-modda. Qarzdorning mol-mulkini xatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay, zarur hollarda esa, uni topshirish bilan bir vaqtda xatlanadi.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro‘yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e’lon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qo‘yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(53-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlash quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini ta’minlash maqsadida;
javobgarga tegishli bo‘lib, uning o‘zida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.
Xatlangan mol-mulkni olib qo‘yib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan so‘ng amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qo‘yishga haqli.
Olib qo‘yilgan tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so‘mlar va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (bo‘laklari) olib qo‘yilishi shart.
(53-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk xatlovini amalga oshirgan davlat ijrochisi qonunchilikda belgilangan tartibda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
(53-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xatlov bekor qilingan taqdirda garov reyestriga ilgari kiritilgan yozuv davlat ijrochisi tomonidan o‘chiriladi.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlar bilan to‘ldiorilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 147.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling