Sud va huquqni muhofaza qilish organlari


Davlat xizmatlari Agentligi va uning vazifalari


Download 106.54 Kb.
bet15/21
Sana24.08.2023
Hajmi106.54 Kb.
#1669899
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Sud va huquq

97. Davlat xizmatlari Agentligi va uning vazifalari.
Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik va nazorat qilish, Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
2) ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;
3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
5) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;
6) davlat xizmatlari ko‘rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

98. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining ustuvor vazifalari etib belgilansin:
kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlar buyurtmachilari va xodimlariga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;
an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan shakllarini, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda ta’lim dasturlarini, bilim va ko‘nikmalarni doimiy takomillashtirishdan iborat kredit-modul mexanizmini joriy qilish;
kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish, har bir xodimning individual trayektoriyalari bo‘yicha malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona ma’lumotlar bazasi — elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish;
ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish darajasini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida masofaviy ta’limni yanada takomillashtirish va mustaqil ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mehnat bozorida huquqiy bilimlarini oshirish talab qilinadigan o‘zga soha mutaxassislari malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
adliya organlari va muassasalaridagi rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan kadrlar malakasini oshirishning modullashtirilgan ta’lim dasturlari asosida maxsus kurslardan o‘tish amaliyotini joriy etish.
99.Natariat idoralarini tashkil qilish.

Davlat notarial idorasi 0 ‘zR Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Davlat notarial idoralarida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha notarius (notarius va katta notarius)lar davlat xizmatchilari hisoblanadilar va ish haqini budjet hisobidan oladilar. Ularga xuddi Adliya organlarining xizmatchilari singari unvonlar beriladi. Ularning zimmasida hozirda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishning asosiy qismi yuklatilgan.


100. Notariat idoralarining vazifalari.

0 ‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida: «O'zRda Notariatning vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan him oya qilishni ta’minlashdan iboratdir» deyilgan

101. Notarius vazifasiga quyiladigan talablar

.
Ikki nafar va undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralari notariuslaridan biri katta davlat notariusi etib tayinlanadi va uning zimmasiga ushbu notarial idoraning ma’muriytashkiliy ishlarini nazorat qilish vazifasi yuklatiladi


102. Notariatning funksiyalari
Barcha notarial harakatlar u yoki bu jihatiga ko‘ra huquqni muhofaza qilish funksiyasi bilan bog‘liq b o ‘lib, shu xildagi funksiyalarni amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
103. Notarius bo’lmagan aholi joylarida uning o’rniga kim notarial harakatlarni amalga oshiradi.
Notarius mavjud bo‘lmagan aholi punktlarida notarial harakatlarni fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) am alga oshiradi. Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni. bunday vakolatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari bajaradilar
104. Natariat idoralari xodimlarini ijtimoiy muxofazasi.

Davlat notarial idoralarida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha notarius (notarius va katta notarius)lar davlat xizmatchilari hisoblanadilar va ish haqini budjet hisobidan oladilar. Ularga xuddi Adliya organlarining xizmatchilari singari unvonlar beriladi


105. Notarius huquqlari va majburiyatlari.
Notarius quyidagi huquqlarga ega:
- o‘ziga m urojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatlam i amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno;
-b itim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek, notarial harakatlarni amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
-jism oniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlar talab qilib olish.
Notarius quyidagi majburiyatiarga ega:
-jism oniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashishi, ulaming huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
-tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi, ushbu bitimlarmazmuni tom onlarning asi maqsadiga m os kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;
-yuridikjihatdan bexabarlikjismoniy vayuridikshaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlaming oqibatlari haqida ulami ogohlantirishi;
-qonun hujjatlariga moskelmaydigan notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etishi;
-notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yokimansabdor shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar. tashkilotlarga yoki prokuraturaga bu haqda xabar qilishi shart.
106. Notarial idoralarida ishlovchi notariuslar notarial harakatlari turlari.
Hozirda notariatning bir necha turlari mavjud. U davlat notarial idoralari va notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo(lgan m ansabdor shaxslardan, shuningdek, xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalardan iborat.
107. Huquqni muhofaza qilish faoliyati sifatidagi prokuror nazorati
Prokuror nazorati deganda davlat nomidan maxsus vakolatga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar - prokurorlar tomonidan qonun buzilish hollarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish, aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bilan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati tushunilishi lozim.
108. Prokuror nazoratini boshqa nazorat turlaridan farqlovchi belgilarni aytib bering.
Bundan tashqari, prokuratura idoralarini boshqa davlat organlari, hatto boshqa huquqni m uhofaza qiluvchi organlardan qaysi sifatlari va belgilariga ko‘ra farqlanishini o'zida ifoda etadi1. Qonunshunos tomonidan belgilangan prinsiplarga prokuratura tom onidan rioya qilinishi unga o‘z oldiga qolyilgan davlatdagi qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini ta’minlashni nazorat qilishdek vazifani muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishiga im kon beradi
109. Prokuror jinoyat ishini sudda kurishdagi vakolotlari.
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorningvakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi ( 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to4g‘risida»gi Qonuni 33-moddasi). O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 46-moddasiga muvofiq, prokuror boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega
110. Prokuror nazorat yunalishlari va uning turlari.
Prokuratura to‘g‘risida»gi qonun prokuratura faoliyatining butun yo'nalishlarini tortta prokurorlik nazorati tarm og‘iga ajratadi:
1. Qonunlar ijrosi ustidan nazorat.
2. Fuqaroning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi ustidan nazorat. 3.Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi idoralar tomonidan qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat.
4. Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni vajinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratqilish.

111. Prokuror nazorat xujjatlari va uning turlari.


Qonun buzilishining darajasi (xarakteri)ga qarab, prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.
112. Prokuror nazorat xujjati Protest.
Qonunga zid boʼlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʼn kunlik muddatdan kechiktirmay koʼrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʼrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʼrib chiqish natijalari toʼgʼrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi
113. Prokuror nazorat xujjati Taqdimnoma.
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʼgʼrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega boʼlgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
114. Prokuror nazorat xujjati Qaror.
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʼgʼrisida ish qoʼzgʼatish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi
115. Prokuror nazorat xujjati Ariza.
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʼrib chiqiladi.
Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.

116. Prokuror nazorat xujjati Ogoxlantiruv.


Prokuror fuqarolarning qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan gʼayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʼlganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yoʼl qoʼymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi

117. Prokuratura faoliyati prinsiplari.


Prokurorlar tomonidan o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish. prokuratura faoliyatini tashkil etish va faoliyat prinsiplariga nisbatan doimo bo‘ysunuvchan xarakterni o‘zida ifoda etadi. Qonunda mustahkamlangan prokuratura organlarini tashkil etishning va ular faoliyatining prinsiplari bevosita bir-biriga b o g ‘liq ham da o ‘zaro ajralm as hisoblanadi. Ulami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, balki. ulami kompleks birgalikda tushunish va hayotga tatbiq etish natijasidagina prokuror o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlatning boshqa qonunlarida ko‘rsatilgan talablariga moslab amalga oshira oladi.

118. Prokuratura faoliyati birlik prinsipi.


Prokuratura organlarining birlik va markazlashganlik prinsipi prokuratura organlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etishi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat k o ‘rsatishini bildiradi.
119. Prokuratura faoliyati maruazlashgan prinsipi.
Birlik va markazlashganlik prinsipiga asosan yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko‘rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan, protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek. u okz bo‘ysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to’g‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir
120. Prokuratura faoliyati konuniylik prinsipi.
Qonuniylik prinsipi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-m oddasida belgilangan. U nga m uvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaningva 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining so‘zsiz ustuvorligi tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jam oat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq harakat qiladilar
121. Prokuratura faoliyati oshkoralik prinsipi.
Oshkoralik prinsipini hayotga tatbiq etib. prokurorlar fuqarolarda qonunlarga nisbatan hurmat, odob va axloq normalariga rioya qilish ruhini tarbiyalaydilar
122. Prokuratura faoliyati mustakillik prinsipi.
Mustaqillik prinsipi shuni bildiradiki, prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari Jam oat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlariningfaoliyatigaaralashish ta’qiqlanadi.
123. Uzbekiston Respublikasi Prokuratura organlari tizimi.
O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari, tumanlar va shaharlar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi. O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar, 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Soliqqa va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bolinmalari 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimini tashkil etadi.
124.Qonun buzilishi holatiga nisbatan prokuror ta’sir choralarining o’ziga xos shakli nimadan iborat.
Qonun buzilishi holati aniqlanadigan bo‘lsa. Bosh Prokuror ushbu qonun buzilish holatini bartaraf etishni avval taklif qilishi, unga bo‘ysunilmagan holatlarda esa «protest keltirishi va bu ishni to‘xtatishi» lozim edi.
125. Prokuror qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlarni maqsadga muvofiqligini nazorat qilish tartibi
Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror Qonunda va qonunchilikning boshqa hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rishga majburdir
Qonun buzilishining darajasi (xarakteri)ga qarab, prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir
126. Prokuratura organlarini vazifalari.
Ushbu tarmoq bo‘yicha ham prokuror nazoratining okziga xos vazifalarimavjud. Prokuror o‘zzimmasigayuklangan vazifani bajara borib, fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to ‘g‘risidagi arizalar. sh ik o y a tla r ham da boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi; arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi; fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslami javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘radi;
127. Prokuratura faoliyatini tashkil etish prinsiplari.
Prokuratura toʼgʼrisida»(yangi tahrirda)gi Qonunda belgilan¬ganidek, prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyati asosiy printsiplari quyidagilardan iborat(«Prokuratura toʼgʼrisi¬da»gi Qonunning 5-moddasi)
• Birlik;
• Markazlashganlik;
• Qonuniylik;
• Mustaqillik;
• Oshkoralik;
128. O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi funksiyalari.
d av lat siyosiy boshqarmasi faoliyati ustidan; ozodlikdan m ahrum etish jazolarini ijro etish joyiari va mehnat tuzatish muassasalarida faoliyatni lo‘g‘ri amalea oshirilayotganligini nazorat qilish; Oliy Sudga nisbatan prokuror nazorati funksiyasini amalga oshirish.
129. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori maqomi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Konstitutsiyaga (93-modda) muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tomonidan boshqariladi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga (12-modda) muvofiq O ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tom onidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan ham da lavozimidan ozod etiladigan birinchi o ‘rinbosariga, o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningO‘zbekiston www.ziyouz.com kutubxonasi Respublikasi Bosh Prokurori hamda uning o ‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash hamda iavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farm onlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
130. Prokuratura organlari xodimlari uchun qo’yiladigan talablar.
Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar 0 ‘zbekiston Respublikasining 2001 -yil 29-avgustdagi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab berilgan. Qonun (43-modda) talablariga ko‘ra, oliy yuridik m a’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bolgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o‘rganuvchilar lavozimiga tayinlanadi.
131. Prokuratura xodimlarini huquqiy, ijtimoiy va moddiy ta’minoti.
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), ko‘p yillik xizmat uchun to ‘lanadigan haqlardan iborat bo'ladi. Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bolgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan me’yorlar bo‘yicha bepul xizmat kiyimi bilan ta’minlanadi. Prokuratura organlari xodimlariga muddati o‘ttiz kalendar kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. 0 ‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa o‘n kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.
132. Prokuratura xodimlarini rag’batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boMib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida - uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida tolanadi Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boMib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida - uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida tolanadi
133. O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi hay’ati tarkibi va vakolati.

0‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori (rais), uningbirinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning tarkibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


134. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vakolotlari.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori prokuratura organlari ustidan rahbarlikni olib boradi va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda juda ham keng vakolatlardan foydalanadi. U:
- O ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin;
- O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining m ajlislarida ishtirok etishi, uning ko‘rib chiqishi uchun masalalar kiritishi va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi majlislarida ishtirok etadi, ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha va muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qo‘llash bilan bogliq masalalar bo‘yicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
- O ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qollash bilan bogliq masalalar bo‘yicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi hay’atining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflarni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
-prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar beradi va oliy darajali unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi;
-prokuratura organlari xodimlarini 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi; -prokuratura organlari xodimlarini « 0 ‘zbekiston Re^putlikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko'krak nishoni bill- i taqdirlaydi;
- buyruqlar chiqaradi ham da prokuratura organlarining tarkibiy boiinmalari to^risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
-ch elel davlatlarining tegishli organlari bilan ham korlik to‘g‘risida bitimlar tuzadi; - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlami amalga oshiradi.

135. Bosh prokurorining birinchi o’rinbosari vakolotlari


0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining buyruqlari asosida va ulami ijro etish uchun o ‘ziga bo‘ysunuvchi xocMmlarning hammasi uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarad: Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tonionidan lavozimga tayinlanadigan va lavozi:nidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
136. Bosh prokurorining o’rinbosarlari vakolotlari.
Prokuror o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi;
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘radi;
ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi.
137. Xarbiy prokuror va uning o’rinbosarlari vakolotlari.
0 ‘zbekiston Respublikasining yagona tizimiga harbiy prokuratura ham kiradi. Harbiy prokuraturaning asosiy vazifalariga: 0 ‘zbekiston Respublikasidaqonun ustuvorligini ta ’m inlash, d a v la t xavfsizligi, hududiy daxlsizlik va qo‘shinlardagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha qonun ustuvorligini ta’minlash, harbiylarning hamda ular oilalarining huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, Qurolli Kuchlarning qonuniy manfaatlarini kasbiy huquqbuzarliklardan himoya qilish va bunday huquqbuzarliklaming oldini olish kiradi.
138. Viloyat prokurorlari va ularning o’rinbosarlari vakolotlari

139 O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasining markaziy apparati..


Bosh Prokuraturasi prokuratura organlarining faoliyati ustidan tezkor rahbarlikni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, o‘zida yetarlicha kuchli davlat apparatini namoyon etadi. Bu apparat nafaqat quyi prokuratura idoralarining faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, balki bevosita davlatdagi qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishini amalga oshirish bilan birga eng mas’uliyatli, o‘ta m uhim vazifalarni bajaradi,

140. Bosh prokurorini prokuratura organlari ustidan rahbarligi yuzasidan vakolatlari


0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori prokuratura organlari ustidan rahbarlikni olib boradi va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi «Prokuratura to(g‘risida»gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori rahbarlik qiladigan 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlaming aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir

141. Prokurorlar, tergovchilar va prokuraturaning boshqa xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish tartibi va asoslari.


Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish o‘rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
142. Prokuratura xodimlari uchun darajali unvonlar berilishi.
Prokuratura organlarining attestatsiyadan o‘tkazilmaydigan moddiy-texnik ta’minoti, moliya, ishlar boshqarmasi xodimlari va boshqalar m ehnatda o ‘zini alohida yaxshi tomondan ko‘rsatganliklari uchun darajali unvon olishga taqdim qilinishlari mumkin. Prokuratura organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan va boshqa tashkilotlardan ishga kelganlarga ularning tayinlangan lavozimlarini, bilimlari va ish tajribalarini hisobga olgan holda darajali unvonlar beriladi.
143. Darajali unvonni berish, pasaytirish va mahrum qilish tartibi.
Darajali unvondan mahrum qilish prokuratura organlaridan nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘yaxatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat burchini qo‘pol ravishda buzganligi yoxud o (zini noloyiq darajada tutganligi uchun darajali unvonipasaytirilishimumkin
Prokuratura organlari va muassasalaridan xizmatdan bo'shatilayotgan xodim darajali unvonidan yoki harbiy unvonidan mahrum qilinishi mumkin. Prokuratura organlari xodimi o ‘z xizmat burchini qo‘pol ravishda buzganligi yoxud o(zini noloyiq darajada tutganligi uchun darajali unvoni pasaytirilishi mumkin.
144. Prokuratura xodimlarini xavfsilini ta’minlash tartibi.
Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘ladi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanadi.
Davlat sug‘urta organlari quyidagi hollarda sug‘urta summalarini to‘laydilar:
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan bo‘shatilganidan keyin halok bo‘lsa (vafot etsa), agar bu hol u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga — O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda;
prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida;
prokuratura organlari xodimiga u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yo‘qotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida.

145. Prokuratura tergovchilarini lovozimiga tayinlanadi va ozod qilish tartibi.


Qayd etib o‘tilgan prokuraturalarda prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlaming katta prokurorlari va prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo£yicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar
146. Prokuratura tergovchilarini intizomiy javobgarlikka tortishning va rag’batlantirish.
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o ‘tash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan m ahrum etish, ulami rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tom onidan tasdiqlanadigan Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yiladi
147 O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iktisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va uning vazifalari.
O'zR Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti (keyingi o‘rinlarda - departament) maxsus mustaqilhuquqnimuhofazaqilishorgani hisoblanib, soliq intizomini mustahkamlash sohasida tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, soliq va valutaga oid jinoyat va qonun buzilishlariga qarshi kurashish, davlatga yelkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi
Departamentningzimmasigaquyidagi asosiy vazifalaryuklatilgan:
- soliqqa oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish;
- soliq siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, soliqqa tortish bazalarini kengaytirish, soliq to‘lovchilaming qamrab olinishi va hisobining to‘liqligini ta’minlash, naqd pul mablag‘lari muomalada boMishi belgilangan tartib buzilishlariga barham berish;
-soliqlam i toMashdan bosh tortish, qochishningmumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini, yashirin iqtisodiyotning shakllanish yo‘llarini, korrupsiya hollarini aniqlashga yo‘naItiri!gan samarali tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
- normativ-huquqiy bazani, eng avvalo soliqqa oid qonun buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
148. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB va uning vazifalari.
Аmaldagi qonunchilikka koʼra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini tashkil etish Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi boʼlinmalari tomonidan amalga oshiriladi va ularning asosiy vazifalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini soʼzsiz taʼminlashni tashkil etish, sud ijrochilari tuman (shahar) boʼlimlari faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi.
149. Majburiy ijroni amalga oshirishda qonunchilik asoslari.
Hozirgi amaldagi qonunchilik ijro harakatlarini qarzdor (javobgar) ning ish joyi boʼyicha ham oʼtkazishiniga ruxsat beradi. Ijro harakatlarini ish joyi boʼyicha amalga oshirish quyidagi uchta holatda amalga oshiriladi:
1. Undiruv qarzdorning ish haqini unga tegishli mulkining bir qismi sifatida maoshiga qaratilgan taqdirda;
2. Ijro hujjati qarzdorni maʼlum harakatlar sodir etishga majbur qilganida;
3. Qaror qarzdorning maʼlum harakatlarni sodir etishdan tiyilib turishga majbur qilganida;

150. Majburiy ijroni amalga oshirishda xalqaro huquqiy hujjatlar?


Ijro ishini yuritish sohasidagi xalqaro hujjatlar sifatida quyidagilarni sanab oʼtish mumkin:
- 1958 yilgi «Chet el arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish toʼgʼrisida»gi Nьyu-York Konventsiyasi;
- 1961 yilgi Gaaga Konventsiyasi;
-1972 yilgi «Iqtisodiy va ilmiy - texnik hamkorlik munosabatlaridan kelib chiquvchi fuqarolik-huquqiy nizomlarini arbitraj yoʼli bilan hal etish toʼgʼrisida»gi Moskva Konventsiyasi;
- «Fuqarolik, oila va jinoiy ishlar boʼyicha oʼzaro huquqiy yordam toʼgʼrisida»gi 1993 yilgi MDH qatnashchilari Konventsiyasi;
Yuqoridagilardan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi bir qator mamlakatlar bilan oʼzaro yordam toʼgʼrisida shartnoma tuzgan boʼlib, ular sud qarorlarini tan olish va ijro etishni nazarda tutadi.
151. Ijro hujjatlari va uning mazmuni?
Ijro ishini yuritish faoliyati «Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Аmmo shular bilan bir qatorda koʼpgina hujjatlar jumladan, protsessual va moddiy qonunlarda ham majburiy ijro faoliyatiga doir meʼyorlar bor. Masalan, «Fuqarolik Protsessual Kodeksi», «Iktisodiy Protsessual Kodeksi», «Fuqarolik Kodeksi», «Oila Kodeksi», «Mexnat Kodeksi», «Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeks» va boshqalarni koʼrsatish mumkin.
Byuro o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
. Byuroda xizmatni o‘tashning huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi.
152.ijro hujjatlariga quyiladigan talablar?
153. ijro ishlarini amalga oshirish joyi va vaqti
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida»gi Qonunning 26-moddasida belgilangan vaqt davlat faoliyatini ijtimoiy yoʼnaltirilganligi bilan belgilanadi. Umumiy qoidaga koʼra ijro harakatlari ish kunlarida soat 8-00 dan 22-00 gacha boʼlgan vaqtda amalga oshiriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksiga koʼra, soat 22-00 dan, 8-00 gacha boʼlgan vaqt tungi vaqt deb qaraladi va tergov harakatlari, demakki, ijro harakatlari ham bu vaqtda oʼtkazilishi mumkin emas. Bu qoidadan faqatgina ikkita holatda chekinishi mumkin:
Birinchi - kechiktirib boʼlmaydigan holatlarda;
Ikkinchi - holat esa, qarzdorning aybiga koʼra, ularni boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin boʼlmagan holatlarda.
Bu hollarda sud ijrochisi ijro ish yuritishni amalga oshirish uchun sud ijrochilari boʼlimining katta sud ijrochisi roziligini olishi lozim, chunki bu hol qarzdorning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, ijro ish yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning oʼzlari uchun qulay boʼlgan vaqtini taklif etishga ham haqlidirlar.
Ijro xarakatlarini amalga oshirish xamda jismoniy va yuridik shaxslarini huquqlarini samarali taʼminlashda, shuningdek, qonuniylik tamoyiliga amal qilishda protsessual muddatlarga rioya qilish muhim shart boʼlib hisoblanadi.
Ijro ish yuritishda muddat deganda sud ijrochisi, ijro ish yuritishning boshqa ishtirokchilari ijro ishini yuritish bilan bogʼliq harakatlarni amalga oshirishi lozim boʼlgan vaqt oraligʼi tushuniladi.
154.ijro hujjatlarini amalga oshirishda muddatlar va uning turlari.
Ijro ishini yuritishda protsessal muddatlarni turli koʼrinishlarga boʼlish mumkin:
1. Qonunda sud ijrochisi va protsessning boshqa ishtirokchilari uchun belgilangan muddat;
2. Sud ijrochisi tomonidan alohida ijro harakatlarini amalga oshirish uchun belgilangan muddat.
155. ijro ishlarini to’xtatib turish tartibi.
ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʼxtatib turilishi shart:
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʼl qoʼysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʼqolgan deb topilganda;
2) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
3) agar qonun hujjatlarida nizolashishga yoʼl qoʼyilgan boʼlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
4) maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi ishlarni koʼrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
5) ijro hujjati boʼyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʼyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʼgʼrisida sudga daʼvo arizasi berilganda;
6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.
156. ijro ishlarini yakunlash tartibi.
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʼqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qoʼyilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʼqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga oʼtishi mumkin boʼlmasa;
2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʼzini tiyish majburiyatini ¬yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʼqolganda.
157. undiruvnni arzdorning pul mablag’lari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi.
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida» gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining 47- moddasi qarzdor mol-mulkini undirishning oʼziga xos navbatini belgilab beradi. Unga koʼra, ijro hujjatlari boʼyicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʼm va chet el valyutasidagi pul mablagʼlariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʼlariga hamda oʼzga qimmatliklarga qaratiladi.
Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarini uzish uchun yetarli pul mablagʼlari boʼlmasa, undiruv unga mulk xuquqi asosida tegishli boʼlgan, qaerda va kimning foydalanishida boʼlishidan qatʼi nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada boʼlishi cheklangan mol-mulkdan tashqari) qaratiladi.
158. qarzdorni mol-mulkini xatlash tartibi.
Qarzdor – yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
birinchi navbatda – ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan mol-mulkka (qimmatli qogʼozlar, qarzdorning depozitidagi va boshqa hisobvaraqalardagi pul mablagʼlari, valyuta boyliklari, yengil avtotransport, ofis dizayni ashyolari va boshqalarga);
ikkinchi navbatda – tayyor mahsulot (tovarlar), shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga moʼljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga ;
uchinchi navbatda – koʼchmas mul obʼektlari, shuningdek xom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga moʼljallangan boshqa asosiy vositalarga.
159. xatlangan mol-mulkni sotish tartibi.
Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish (muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) agar boshqacha holat koʼzda tutilgan boʼlmasa, xatlangan kundan boshlab ikki oy ichida uni sotish yoʼli bilan amalga oshiriladi.
Mol-mulk (koʼchmas mulkdan tashqari) shartnoma - vositachilik asoslarida yoki auktsion savdosi shartlariga muvofiq realizatsiya qilinadi.
Shartnoma - vositachilik asosidagi sotuv Departament yoki uning hududiy boʼlimi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ixtisoslashgan savdo tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
160. surishtiruv organi va ularning vazifalari.
Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:
1) ichki ishlar organlari;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi”

Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.

161. surishtiruv organi va ularning turlari
Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:
1) ichki ishlar organlari;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi”;

162.qaysi organlarga jinoyat ishlari bo’yicha surishtiruvni amalga oshirish huquqi berilgan?


Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:
1) ichki ishlar organlari;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi”;
163. surishtiruv organi sifatida Ichki ishlar?

176)Tergovchining prosessual funksiyalari.?


Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.

177)Dastlabki tergovni amalga oshiriuvchi tergov aparatlari.?



Download 106.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling