Sud va huquqni muhofaza qilish organlari


) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga o‘tishga rozilik bermasa


Download 106.54 Kb.
bet11/21
Sana24.08.2023
Hajmi106.54 Kb.
#1669899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Sud va huquq

9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga o‘tishga rozilik bermasa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais o‘rinbosarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l qo‘yiladi.

91. Sudyalarning malaka imtihonini tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi va rais o‘rinbosarligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — mazkur sudlarning raislari taqdim etgan materiallar asosida sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni hamda ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan;
okrug va hududiy harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash— O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi maxsus vakolatli organ taqdim etgan materiallar asosida harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’ati tomonidan;
xo‘jalik sudlari sudyaligiga nomzodlarning malaka imtihoni va ularning shu lavozimda ishlashga tayyorligini baholash — O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan o‘tkaziladi.
Sudyalikka nomzodning malaka imtihoni u bilan suhbat o‘tkazish, og‘zaki savol-javoblar, ro‘yxati sudyalarning tegishli malaka hay’ati majlisida tasdiqlanadigan amaliy masalalarni hal etishdan iborat bo‘ladi.
Sudyalarning malaka hay’ati sudyalikka nomzodning malaka imtihonidan o‘tgan yoki o‘tmaganligi to‘g‘risida xulosa beradi. Malaka imtihonini topshira olmagan sudyalikka nomzod kamida bir yildan keyin qaytadan imtihonga qo‘yilishi mumkin.
Sudyalar malaka hay’atining nomzodni yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etish mumkinligi haqidagi xulosasi tegishli sud raisi taqdim etgan materiallar asosida beriladi.


Download 106.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling