Sudga oid psixologiya ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish


Sudga oid psixologiya ekspertizasining ushbu turi bo’yicha qarorda quyidagi savollarni ko’rsatish lozim


Download 132.41 Kb.
bet6/6
Sana07.11.2023
Hajmi132.41 Kb.
#1753856
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’Q OTAR QUROLI TA’SI

Sudga oid psixologiya ekspertizasining ushbu turi bo’yicha qarorda quyidagi savollarni ko’rsatish lozim:
1.Shaxs tashqi muhitda sodir bo’layotgan hodisa va jarayonlarni to’g’ri idrok etish va ifodalash qobiliyatiga egami?
2.Ekspertiza o’tkazilayotgan shaxs jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo’lgan holatlarni to’g’ri idrok eta olganmi?
3.Ekspertiza o’tkazilayotgan shaxs holat yuzasidan o’ziga m a ‘ l u m bo’lgan holatlarni to’g’ri ifoda eta olganmi?
Nomusga tegish jinoyati natijasida jabrlanuvchilar, shuningdek yosh bolalar va voyaga yetmaganlardagi ruhiy buzilishlarni aniqlash hamda aybdor harakatining ahamiyati va xarakterini to’g’ri tushunish va qarshilik ko’rsata olish qobiliyatini aniqlash zaruratining yuzaga kelishi sud-psixologik ekspertizasi tayinlash uchun asos bo’ladi.
Shuningdek, sud-psixologik ekspertizasini tayinlash uchun qayd etilgan holatlardan tashqari nomusga tegish jarayonida jabrlanuvchi tomonidan qarshilik ko’rsatilmaganligi yoki uning sust harakati, sodir etilgan voqyeaga befarqligi kabi holatlar ham asos bo’lib hisoblanadi.
Ushbu holatlarga oydinlik kiritish uchun ekspertiza tayinlash qarorida qo’yiladigan savollar quyidagicha bo’lishi lozim:
1.Jabrlanuvchining aqliy rivojlanganlik darajasiga ko’ra, o’ziga nisbatan sodir etilgan harakatlarning mohiyatini anglay olganmi?
2.Jabrlanuvchining voqyea sodir etilgan sharoitdagi ruhiy holati ayblanuvchi xatti-harakatlarining ahamiyatini tushunish imkonini berganmi?
3.Jabrlanuvchiga nisbatan shunday qilmishning sodir etilishi jarayonida uning ruhiy holati qarshilik ko’rsatish imkoniyatini berganmi?
4.Jabrlanuvchida o’ziga nisbatan shunday harakatlar sodir etilayotgan sharoitda qarshilik ko’rsatishiga to’sqinlik qiluvchi ruhiy holat mavjud bo’lganmi?
5.Agarda mavjud bo’lsa, u qanday ruhiy holat va uning kechishi qanday bo’lgan?
Sud-psixologik ekspertizasining yana bir turi – bu o’z joniga suiqasd qilgan shaxslarni aniqlash uchun ularning ruhiy holatini turli-tuman metodlar hamda metodikalar yordamida tekshirishdir.
O’limdan keyingi psixologik ekspertizani o’tkazish zaruratini yuzaga keltiradigan shart-sharoitlar turli-tuman bo’lishiga qaramasdan, uning obyekti har doim halok bo’lgan shaxs hisoblanadi. Ushbu turdagi ekspertizani o’tkazishda ekspertlar quyidagi vazifalarni hal qilishlari lozim:

  • vafot etgan shaxsning individual psixologik o’ziga xos xusu- siyatlarini tadqiq etish;

  • vafot etgan shaxsning o’limidan avvalgi davrdagi psixik holatini tadqiq etish;

  • uning o’zini o’zi o’ldirishga moyilligi bo’lganligi yoki bo’lmaganligi haqidagi masalani hal qilish;

  • vafot etgan shaxsda uning o’zini o’zi o’ldirishiga olib kelgan psixik holatning sabablari va rivojlanish shart-sharoitlarini o’rganish.

Sud-psixologik ekspertizasining mazkur turi bo’yicha ekspert psixologlarga hal etish uchun qo’yiladigan savollar quyidagi tarzda bayon qilinishi mumkin:
1.Vafot etgan shaxsning individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari qanday va ular uning o’limi holatida qay tarzda yuzaga kelgan?
2.Vafot etgan shaxsda o’limidan avvalgi davrda o’zini o’zi o’ldirishga olib keladigan psixik holat yuz berganmi va agar shunday bo’lsa, bu holat nimada ifodalanadi hamda bunday holatga nima sabab bo’lgan?
3.Shaxsning o’limidan avvalgi ruhiy holati uning o’zini o’zi o’ldirishiga sabab bo’lishi mumkinmi?
Sud-psixologik ekspertizasini voyaga yetmagan gumon qilinuvchi (ayblanuvchi), jabrlanuvchi va guvohlarga nisbatan o’tkazilishi alohida xususiyatlarga ega bo’lib, bu narsa ularning yoshi va psixik rivojlanishidagi o’ziga xos tomonlar bilan bog’liqdir.
Tergov amaliyoti shuni ko’rsatadiki, odatda voyaga yetmagan shaxslar bilan bog’liq tergov harakatlarini o’tkazishda ularning o’zi va yaqin qarindoshlari mavjud ruhiy kasallik yoki buzilishlarni yashirishga harakat qilib, aksincha o’zlarini sog’lom qilib ko’rsatishga harakat qilishadi.
Shuning uchun bu holatga oydinlik kiritish uchun boshqa manbalarga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu manbalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • qo’shnilari, pedagog va davolovchi shifokorni so’roq qilish;

  • ruhiy kasalliklar dispanseridan bu haqdagi ma’lumotlarni olish (ro’yxatda turish-turmasligi haqidagi ma’lumotnoma, yotib davolangan bo’lsa kasallik tarixi va boshqalar).

Voyaga yetmagan shaxsning ruhiy holatidagi o’zgarishlar bo’yicha biron ma’lumotlar aniqlansa yoki u bilan muloqot jarayonida ruhiy kasal ekanligiga shubha uyg’otuvchi holatlar namoyon bo’lsa, bu holatda tergovchi sud-psixiatrik ekspertiza tayinlashi lozim. Agarda voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi o’z ko’rsatuvida ma’lum qilgan holatlar va jarayonlarni to’g’ri idrok eta olishi, shuningdek voyaga yetmagan ayblanuvchining o’z harakatlari mohiyatini tushunishi va boshqara olishini tekshirish uchun sud-psixologik ekspertizasi tayinlanadi.
Agarda sud-psixologik ekspertizasi voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchining ko’rsatuvida ma’lum qilgan holatlar va jarayonlarni to’g’ri idrok eta olishi (qabul qila olishi) va ifodalay olishini tekshirish uchun o’tkazilayotgan bo’lsa, u holda psixolog-ekspert oldiga quyidagi savollar qo’yilishi mumkin:
1.Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi yoshiga oid psixologik xususiyatlari, aqliy rivojlanganligi va individual-psixologik xususiyatlariga ko’ra, so’roq davomida bergan ma’lumotlarni to’g’ri idrok eta olganmi?
2.Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi yoshiga oid psixologik xususiyatlari, xotirasi, kuzatuvchanligi va diqqatining individual xususiyatga ko’ra, so’roq davomida holatni eslab to’g’ri ifodalab bera oladimi?
3.Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchining holat haqida bergan ko’rsatuvlari uning xayoliy farazlari emasmi?
4.Voyaga yetmagan shaxsda yuqori darajadagi ishonuvchanlik belgilari bormi?
Shuningdek, voyaga yetmagan ayblanuvchining o’z harakatlari mohiyatini tushunishi va boshqara olishini aniqlash uchun sud-psixologik ekspertizasini o’tkazishda ekspertlar oldiga hal etish uchun quyidagi savollarni qo’yish lozim:

  1. Voyaga yetmagan shaxsning psixik rivojlanishida orqada qolish belgilari bormi, agarda bor bo’lsa, u nimalarda o’z aksini topadi?

  2. Voyaga yetmagan shaxsning aqliy va psixik rivojlanganlik darajasi uning yoshiga mos keladimi?

  3. Voyaga yetmagan shaxs o’z harakatlarining mohiyati va oqibatlarini to’g’ri anglay oladimi?

  4. Voyaga yetmagan shaxsning aqliy rivojlanishida orqada qolish belgilari bormi, agarda bor bo’lsa, u nimalarda namoyon bo’ladi?

  5. Agarda aqliy rivojlanishida orqada qolish belgilari bor bo’lsa, uning shakli va darajasi qanday?

  6. Voyaga yetmagan shaxsda mazkur jinoyatni sodir etishga imkon beradigan individual-psixologik xususiyatlar bormi?

  7. Voyaga yetmagan shaxs o’z harakatlarini qay darajada boshqara oladi?

Tergovchi sud-psixologik ekspertiza xulosasini olganidan keyin uni o’rganib chiqib, jinoyat ishi bo’yicha to’plangan boshqa dalillar majmuiga asoslanib baho berishi lozim. Ekspert xulosasiga baho berishda asosiy e’tiborni uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o’tkazish uchun belgilangan barcha prosessual qoidalarga rioya etilganligiga qaratish lozim.
Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Agar tergovchi xulosaga qo’shilmasa, buni qarorda asoslab berishi lozim. Shuningdek, holat bo’yicha qo’shimcha yoki qayta ekspertiza yoxud komission tartibda ekspertiza tayinlashi mumkin.
Jinoyat ishi bo’yicha bir necha ekspertiza o’tkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan bo’lsalar, tergovchi ba’zi ekspertlarning xulosalariga qo’shilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qo’shilmaslik to’g’risidagi o’z fikrini qarorda asoslab berishi lozim.
Adabiyotlar

  1. www.google.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.ref.uz

Download 132.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling