Sudga oid psixologiya ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish


Ekspertiza tayinlash qarori quyidagi uch qismdan iborat


Download 132.41 Kb.
bet3/6
Sana07.11.2023
Hajmi132.41 Kb.
#1753856
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’Q OTAR QUROLI TA’SI

Ekspertiza tayinlash qarori quyidagi uch qismdan iborat:
1) kirish qismi;
2) tavsif-asoslantirish qismi;
3) xulosa qismi.
Qarorning kirish qismida uning nomlanishi, qaror chiqarilayotgan vaqt va joy, ekspertiza tayinlayotgan subyektning lavozimi, unvoni, familiyasi va ismi-sharifi, qaysi jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo’yicha ekspertiza tayinlanayotganligi (jinoyat ishi raqami) ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Agarda ekspertiza surishtiruv organi tomonidan tayinlangan bo’lsa, kirish qismida qarorni tasdiqlovchi surishtiruv organi boshlig’i to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Qarorning tavsif-asoslantirish qismida ishdagi aniqlangan holatlarning umumiy tavsifi, sud-psixologik ekspertiza tayinlash to’g’risida to’xtamga kelinganlik sabablari va asoslari, ekspertiza o’tkazishning maqsadi hamda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining ekspertiza tayinlashni tartibga soluvchi tegishli moddalari qayd etilishi lozim.
Sud-psixologik ekspertizasi tayinlash qarorining tavsif- asoslantirish qismida ekspertiza tayinlash zarurati to’liq asoslan- tirilgan bo’lishi shart. Bu jarayonda jinoyat ishidagi boshqa hujjatlarga havola etuvchi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Masalan, voyaga yetmagan guvohning so’roq qilish davrida bergan ko’rsatmalarini to’g’ri idrok etish, esda saqlash va to’g’ri ifoda eta olish qobiliyatini aniqlash maqsadida tayinlanadigan sud-psixologik ekspertizasi qarorida shaxsning so’roq davomida bergan ko’rsatuvlarini qayd etish shart emas. Ushbu ko’rsatuvlar aks ettirilgan bayonnomani qarorga ilova qilib berilishining o’zi kifoya.
Qarorning xulosa qismida sud-psixologik ekspertizasi tayinlash haqidagi yakuniy to’xtam, uni o’tkazish topshirilayotgan ekspertiza muassasasining nomi, ekspertlar oldiga hal etish uchun qo’yilgan savollarning mazmuni, shaxsni ekspertiza muassasasiga olib borilishini tashkillashtirishga oid tadbirlar, ekspertiza muassasasiga tekshiruv uchun taqdim etilayotgan qo’shimcha narsalar va hujjatlar ko’rsatib o’tilishi lozim.
Qarorning ushbu qismida ekspertiza tadqiqotlari aynan qaysi ekspert tomonidan o’tkazilishini belgilab berish ham mumkin. Agar qarorda aniq belgilanmagan bo’lsa, ekspertiza tekshiruvining qaysi ekspert tomonidan o’tkazilishi muassasa rahbari tomonidan hal etiladi.
Shuningdek, sud-psixologik ekspertizasi tayinlash qarorining xulosa qismida tergovchi ekspertiza tekshiruvini o’tkazuvchi ekspertni xulosa berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg’on xulosa berganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 240-moddalari bo’yicha jinoiy javobgarlik belgilanganligi to’g’risida ogohlantirishi lozim.
Sud-psixologik ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Alohida hollarda boshqa korxona, muassasa va tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan o’tkazilishi mumkin. Yuzaga kelgan alohida holat ekspertiza tayinlash qarorida asoslantirilishi lozim.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirishi va uning ekspertiza o’tkazishi to’g’risidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir (JPK 174-m.).
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 22-bobida ekspertizaning qo’shimcha, qayta, komissiyaviy va kompleks o’tkaziladigan turlarini tayinlash asoslari, ularni o’tkazish tartibiga oid qoidalar belgilangan.
Qo’shimcha ekspertiza ekspert xulosasidagi bo’shliqlarning o’rnini to’ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert tomonidan o’tkaziladi. Ekspert xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to’g’riligiga shubha tug’ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o’tkazishning prosessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert oldiga ilgari qo’llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to’g’risidagi masala qo’yilishi mumkin. Qayta ekspertizani tayinlash to’g’risidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (avvalgi) ekspertiza xulosasiga qo’shilmaganligi sabablari ko’rsatilishi lozim.
Qayta ekspertizani o’tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (avvalgi) ekspertizani o’tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o’tkazishda hozir bo’lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o’tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Ekspertiza bir xil yoki turli xil ixtisoslikdagi bir necha ekspert tomonidan o’tkazilishi mumkin. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o’tkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning o’tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ekspertizani o’tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o’zi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo’yilgan savollar yuzasidan o’z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so’ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo’qligi to’g’risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo’yicha alohida xulosa beradi.
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o’tkazish yo’li bilangina aniqlash mumkin bo’lgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani o’tkazishda ekspertlarning har biri o’z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o’zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko’rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo’ladi.
Agar kompleks ekspertizani o’tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo’lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Download 132.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling