Sudga oid psixologiya ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish


Ekspert savollarini aniq ifoda etishning umumiy talablari


Download 132.41 Kb.
bet4/6
Sana07.11.2023
Hajmi132.41 Kb.
#1753856
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’Q OTAR QUROLI TA’SI

Ekspert savollarini aniq ifoda etishning umumiy talablari.
Sudga oid psixologiya ekspertiza sohasi rivojlanishining hozirgi davrida ushbu doiradagi savollar turkumiga quyidagilar kiradi:
1.Asab-ruhiy zararni boshidan o’tkazgan va ruhiy kasallik alomatlariga ega bo’lgan ekspertlanuvchi shaxsning individal-psixologik xususiyatlari va bu xususiyatlarning tergovchi va sudyani qiziqtirayotgan davrdagi ekspertlanuvchining xulqiga ta’sirini aniqlashni belgilash.
Umumiy ko’rinishdagi ekspertlarda qo’yiladigan savol mana shunday tariflanishi mumkin: ekspertlanuvchi individual psixologik xususiyatlarga egami yoki yo’qmi... (aynan qaysi xususiyatlarga tergovchi yoki sudni qiziqtirishni aytilishi shart); qanday sharoitlarda... (nuqtai nazar) ko’rsatilishi kerak, ular ekspertlanuvchining xulqiga ta’sir ko’rsatishi ehtimoli mavjud (aynan qaysilari ko’rsatilishi kerak).
Faqat shundagina savolga aniq javob olish imkoniyati vujudga keladi. Yopiq yoki tarqoq holda aniq qo’yilmagan savol ekspertlarni ashyoviy dalillar asosida javob berish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi.
Berilayotgan savol mohiyatida ijtimoiy psixologik sharoitni aniqlash, psixologik mantiqiy, ijodiy, favquloddalik mavjudligi tufayli zaruriyatdir.
Mushohadalar, mulohazalar mohiyati shundan iboratdir, shaxsning individal xususiyati, uning faqatgina qandaydir bir ma’lum sharoitida, zarur bo’lsa aniq bir harakatida ko’rinadi. Ularni ko’rsatmasdan turib, ekspertlar o’z bilimlarni butunlay, to’la qo’llash imkoniyatiga ega bo’la olmaydilar. Chunki o’zaro fikr almashishi ishonch negizida ko’rilmas ekan, kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi.
2.Ruhiy kasallik alomatlari bo’lgan va nevropsixik asoratlarni boshidan o’tkazgan shaxslarda sud va tergovchini qiziqtirgan vaqtidagi ortiqcha his-hayajonga berilishining qandayligini belgilash.
Tergovchi sud jarayonidagi his-hayajonli holatni jinoyat subyekttining o’z hatti-harakatlari ahamiyatini tushuna bilishi va ularni boshqara olish qobilyatiga ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin, degan faraz paydo bo’lganida, sudga oid psixologiya ekspertizani tayinlash zaruriyati tug’iladi.
Savol shunday ifoda qilinishi mumkin: ayblanuvchi unga qo’yilayotgan ayblarni amalga oshirayotgan vaqtda, uning xulqiga katta ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan fiziologik affektga yoki boshqa janjal sharoiti bilan bog’liq holatlar tazyiqida bo’lganmi?
Affektiv xarakterga ega bo’lmagan, ortiqcha his-hayajonga berilish sharoitining xususiyatini ko’rsatib o’tish zarur. O’zbekiston Respublikasi JPKning 172 moddasiga muvofiq ravishda bunday his-hayajonlarning yetarli chuqur ta’siri, shuningdek, fiziologik affekt holati, sud tomonidan kuchli ruhiy his-hayajonlanishining takidlanishi uchun xizmat qiladi.
3.Psixik rivojlanish jihatidan orqada qolishi alomatlariga ega bo’lgan, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning o’z xarakterlari ahamiyatini butunlay anglay olish va qay miqdorda ular tomonidan bu harakatlarni boshqara olishi qobiliyatini aniqlashni belgilash.
Ekspertlarga beriladigan savollar umumiy ko’rinishda shunday bo’lishi kerak.
Voyaga yetmaganlarning psixik rivojlanishida orqada qolishi mumkinmi, agarda shunday bo’lsa, ular nimalarda ko’rinadi va ular nimalarga bog’liq? Agar bunday belgilar bo’lsa unda o’z hatti-harakatlarini to’liq bilish imkoniyati mavjudmi va aniq vaziyatda o’zini qay darajada boshqarishi mumkin.
Oxirgi tafsilot aqidaviy jihatidan muhim ahamiyatga ega bo’lib, tatbiqiy xususiyatga ega. Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, voyaga yetmaganlarda o’z harakatini tushunmaslik va ayniqsa xohish irodasining bo’shligi kam hollarda obyektiv qiyin vaziyatlarda ko’rinadi va hayotiy tajriba yetishmasligi bilan bog’liq bo’lib, shaxs tomonidan tartib imtizomni buzilishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
4. Ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchilarning qobiliyatini aniqlash, shu bilan birga asab psixik zarar ko’rganlar va psixik (ruhiy) xastalik belgilarning topilishni ish holati, vaziyati uchun to’g’ri qabul qilish va ular to’g’risida oqilona, odilona va omilkorlik bilan ko’rsatma berish.
Sudga oid psixologiya ekspertiza guruhini tayinlash uchun asos bo’lib, idrok qilishga va ma’lum hodisalarni fikrlashga to’sqinlikni vujudga keltiruvchi tashqi sharoitlar xizmat qiladi.
Bularga jumladan, idrok qilishning murakkabligi sharoiti, kuzatilayotgan hodisaning tez o’tib ketishi, axborotlar hajmining nihoyatda ko’pligi va ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchilarning katta va kichikligi kiradi.

Download 132.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling