Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари


I. FARG’ONA VODIYSIDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR


Download 1.84 Mb.
bet2/9
Sana08.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1168679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
захарли илонлар

I. FARG’ONA VODIYSIDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR
VA ULARNING TARQALISHI
Yashash sharoiti va umumiy tarqalishi. Reptiliyalar amfibiyalarga qaraganda ancha xilma-xil sharoitda yashaydi. Bu xo­lat reptiliyalarning muayyan sharoitga birinchi galda kuruqlikka moslanishiga bog‘liq. Muxim moslanishlardan biri bu reptiliyalarning yer muxitining quruqligiga voyaga yetganlari ham (ayniqsa muhim bo‘lgan), embrional rivojlanayotganlari ham bardosh berishidir. Katta yoshdagi hayvonlarda bu epidermisning shox modda bilan qoplanishiga bog‘liq. Embrional moslanishlar to‘g‘risida urchish xaqidagi qismda bayon etiladi. Quruqlikda yashash va urchish reptiliyalar faqat issiq va nam iqlimda emas, balki quruq va issiq iqlimda ham yashashiga imkon berdi. Natijada, reptiliyalarning umumiy geografik tarqalish doirasi amfibiyalarnikiga qaraganda juda keng. Ular Arktika va Antarktikadan tashqari, yer sharining barcha iqlim zonalarida tarqalgan. Reptiliyalar tana temperaturasining turg‘un bo‘lmasligi tufayli ular faqat nisbatan yuqori harorat muxitida yashaydi Masalan, ilonlar +10°S da kam xarakatchan, +6 ... + 8°S da esa xarakatchan, —2, —3°S da karaxt bo‘ladi. Tanasi —4 ...—6°S gacha sovisa nobud bo‘ladi. Yuqorida aytilgan sabablarga ko‘ra, reptiliyalar tropik zonalarda keng tarqalgan bo‘lib, qutbga tomon son jixatdan kamayib boradi. Masalan, Indoneziya orollarida 150—200, O‘rta Xitoyda atiga 30 turi yashaydi. O‘rta Osiyoda 50, Kavkazda 68, G‘arbiy Yevropada 12 turi yashaydi; to Shimoliy qutb doirasigacha faqat ikki turi uchraydi.
Tog‘li mamlakatlarda dengiz sathidan ko‘tarila borgan sari reptiliyalar soni xuddi shunday sezilarli kamaya boradi. Rep­tiliyalarning eng yuqori tarqalish chegarasi Markaziy Osiyoda, dengiz satxidan 5000 m balanddadir. Janubiy Amerika Kordileralarida kaltakesaklarning bir turi dengiz sathidan 4900 m balandlikda ham uchraydi. Shu bilan bir qatorda juda yuqori temperatura reptiliyalar uchun xavflidir. Yashirinish iloji bo‘lmaganda, +55°S da qum kaltakesaklar 1,5—4 minutda nobud bo‘ladi.
Kaltakesaklar isib ketishdan qochib, uyalarga yashirinadi (agamalar) yoki daraxt shoxlariga chiqib oladi. D. N. Qashqarov O‘rta Osiyoning qumli cho‘llarida yozda tush vaqtida xarorat yerdan 2 m balandlikda (daraxtlar shoxida) yerda soya joydagiga qaraganda 10°S, serquyosh joydagiga qaraganda 28°S past bo‘lishini aniqlagan. Reptiliyalarda ma’lum darajada fizik termoregulyatsiya qilish qobiliyati bor, deb faraz qilish mumkin. Masalan, tirik tug‘uvchi kaltakesakda tashqi muhit harorati + 16 dan +42°S gacha ko‘tarilishida nafas olish tezligi bir minutda 31 dan 114 martagacha oshadi. Bu holatni tanadan ortiqcha issiqlikni chiqaruvchi xansirash deb atasa bo‘ladi. Bundan tashqari, Amerika ssinklari va iguanlarda teri orqali suv bug‘latish kat­ta termoregulyatsiya axamiyatga ega ekanligini ko‘rsatish mumkin. Bir soatda bunday yo‘l bilan terining 1 sm2 yuzasidan millilitr bilan hisoblaganda u 0,1 dan 0,3 gacha teng. Butun teri orqali organizmning suv bug‘latishi 66—76% ni tashkil etadi.
Yuqori harorat reptiliyalarga bilvosita salbiy ta’sir ham qiladi. O‘simliklarni qurishi cho‘l toshbaqalarining uyquga kirishiga sabab bo‘ladi. Tropikda haroratni baland bo‘lishi, suv havzalarining qurish natijasida timsohlar, ba’zi bir toshbaqalar va ilonlar uyquga kiradi.
Suvda yoki tuproqda tuzlar bo‘lishi reptiliyalar yashashiga xalaqit bermaydi. Kaltakesaklar bilan ilonlarning aksariyat turlari amfibiyalar yashay olmaydigan sho‘r tuproqlarda yashaydi. Ilonlar, toshbaqalar uzoq muddat ichida dengiz va ko‘llarning sho‘r suvida yashaydi. Sudralib yuruvchilarning umumiy ekologik tarqalish areali nihoyatd keng. Ular orasida yer ustida, yarim suv va suv sharoitida, yer ostida daraxtlarda yashovchi turlari bor. Hozirgi reptiliyalar faqat havoda yo‘q. Hozirgi zamonda yashovchi reptiliyalar hayot formalarining bunchalik ko‘p bo‘lishi qadimiy reptiliyalarni turli-tuman sharoitda yashaganligiga bog‘liq.
Turlarning aksariyati yer ustida yashaydi. Ular yer ustidagi turli-tuman sharoitda yashaganligi uchun xatti-harakati ham har xil. Ular qum, tuproq, toshli cho‘llarda, qalin o‘tzorlarda, o‘rmon va botkoqlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda, ular ochiq serquyosh, harakatlanishga halal bermaydigan joylarni yoqtiradi.
Reptiliyalarning harakat shakllari juda xilma-xil. Faqat ulardan ayrimlarini «Sudralib yuruvchilar», ya’ni tanasini yerda sudrab yuruvchilar, deb atash mumkin. Timsohlar, echkemarlar va ko‘pgina kaltakesaklar tanasini baland ko‘tarib chopib yuradi. Ba’zi bir kuruqlikda yashovchi toshbaqalar ham tanasini yerda sudramaydi. Katta masofani faqat orqa oyoqlarida chopib o‘tuvchi turlar ham bor. Masalan, ba’zi agamalar, iguanalar va, ayniqsa, avstraliya qalqonli kaltakesagi shulardandir.
Mezozoyda yashagan guruhlar orasida bunday reptiliyalar ayniqsa ko‘p bo‘lgan. Cho‘l reptiliyalarining tanasini ko‘tarib chopishi moslanish xususiyatiga ega. Chunki bunday holatda tanasi issiq tuproq ta’siriga kamroq duch keladi. Bu holat Turkmaniston misolida ko‘rsatilgan.
Ko‘mli cho‘llarda yashaydigan reptiliyalarda sochiluvchi qumda yashashga imkon beradigan bir qancha moslanishlar bor. Ak­sariyat holatlarda ular barmoqlar atrofida joylashgan shoxsimon moddali tishchalardan iborat. Bu moslanishlar rep­tiliyalarning turli sistematik guruhlariga: agamalar, gekkonlar, kaltakesaklar, iguanlarga xosdir. Gekkonlarning Janubiy Afrikaning qumli cho‘llarida yashovchi bir turining barmoqlari orasida teri parda bor.
Sudralib yuruchilar quruqlikda hayot kechirishda yaxshi moslashgan hayvonlar, ularning terisi quruq bo‘lib, shoxsimon tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Faqat o‘pka orqali nafas oladi. Yurak qorinchasi to‘liq ikkiga bo‘linganligi uchun vena, arteriya qoni qisman aralashadi. Ular sovuqqonli hayvonlar bo‘lganligidan tana harorati tashqi muhit nazoratiga bog‘liq. Ular tuxumini quruqlikka qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan yosh nasli voyaga yetgan hayvonlarga o‘xshab ketadi.
Ba’zi sudralib yuruvchilar tirik tug‘adi, ularning ayrimlari suvda yashashga moslashgan bo‘lsada, tuxumlarini quruqlikka qo‘yadi. Bu xil suvda suvda sudralib yuruvchilarning ajdodlari ham dastlab quruqlikda yashaganini ko‘rsatadi. Sudralib yuruvchilarning ya’ni tangachalar turkumiga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Ilonlarning oyoqlari bo‘lmaydi, ularning gavdasini u yoki bu tomonga egib, qovurg‘alarga tayangan holda harakatlanadi. Lekin kaltakesaklar orasida oyoqsizlari ham bo‘ladi. Ilonlarda qovoq bo‘lmaydi, chunki ustki va ostki qovoqlari shaffof bo‘lib, soat oynasi singari ko‘zini qoplab turadi. Ko‘zi yumilmasligi tufayli ilonlar baxrayib turganga o‘xshaydi.
Kaltakesaklar singari ilonlar ham tulaydi. Reptiliyalarning askari xillarining tana shakli yerda sudralib yurish uchun moslashgan. Shuning uchun ham shu sinf sudralib yuruvchilar deb ataladi.
Reptiliyalar terisi quruq, bezlari yo‘q va muguz tangachalari, qalqonlari yoki kosa bilan qoplangan. Dastlabki reptiliyalar terisi nafas olish funksiyasini yo‘qotgandan so‘ng ular shunday tuzilishga ega bo‘lgan. Ruptiliyalar skleti amfibilar skletidan ko‘ra takomillashgan. Umurtqa pag‘onasi maxkamroq qismlari bo‘lgan va harakatchandir.
Sudralib yuruvchilarning kala suyagi umurtqa pag‘onasi bilan bitta bo‘rtma orqali birlashadi. Sudralib yuruvchilar jadra orqali nafas olish funksiyasini butunlay yo‘qotib boradi. Ularning suvda hayot kechiradigan lichinkasi yo‘q. Aksariyat reptiliyalarning yuragi ham uch bo‘lak. Ammo ularda qon murakkabroq yo‘l bilan arteriya va venoz qonga bo‘linadi.
Reptiliyalarning sezgi a’zolaridan yet chiziq tamomila yo‘qolib ketgan. Suvda yashovchi reptiliyalarning yon chiziqlarining yo‘qligi ularning quruqlikda yashagan haqiqiy ajdodlaridan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Ilon va kaltakesaklarning tili sezgi organi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘zlari eng ko‘p rivojlangan sezgi organi. Ilonlarni ustki va pastki qovoqlari bir biriga yopishib ketgan ko‘zining osti tipik bo‘ladi. Bular xarakatchan ko‘z soqqasini old tomonidan himmoya qilib turadi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling