Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари


QUM ChARXILONI – ECHIS CARINATUS


Download 1.84 Mb.
bet6/9
Sana08.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1168679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
захарли илонлар

QUM ChARXILONI – ECHIS CARINATUS
SCHNEID


Qishlagandan keyin fevral oyidayoq ko‘rina boshlaydi. Issiq kelgan yillari ko‘pincha dishning o‘rtalarida, yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda (oktabr-noyabr) ular ko‘pincha inlari yonida isinib yotadi. Yozda faqat tunda aktiv yashaydi.
Yosh charxilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni yeydi. Kattalari kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar (dasht agamalari, tez kaltakesak, gekkon), suvilon va o‘qilonlarni yeydi.
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg‘ochilari 3 tadan 15 tagacha uzunligi 10—20 sm bo‘lgan tirik bola tug‘adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi. Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog‘ida odatda 3—4 oydan keyin nobud bo‘lar edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og‘ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini buzadi. Bundan tashqari burundan, quloqdan va tananing shilliq qavatidan qon ketishi mumkin. Ba’zan ilon chaqqan odam uchinchi kuni halok bo‘ladi. Odatda u bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.


4. Qalchontumshuq ilon
Toshkent va Samardand oblastidagi tog‘larda va Qoraqalpog‘istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.
Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor. Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa dog‘siz bo‘ladi.
Qaldontumshuqning tipik yashash joylari shimolda -gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi.
Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o‘zlari kishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri — avgustda urg‘ochilari 160—190 mm lp 1—20 ta bola tug‘adi. Ular sekin o‘sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga yetadi. Belgilab qo‘yilgan qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular bundan uzoq yashasa kerak.
Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling