Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари
Download 1.84 Mb.
|
захарли илонлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO‘LVOR ILON - VIPERA LEBETINA L
5. Qo‘lvor ilon
Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to‘q kul rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi. O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni uchratish mumkin. Ko‘lvor ilon tog‘larda, tog‘ oldilarida va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘ etaklaridagi bog‘larda, buloqlarning bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi. Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo‘sh joylar, kemiruvchilarning, tulki va qushlarning sog‘ tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi. KO‘LVOR ILON - VIPERA LEBETINA L Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin martda, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham ko‘rinadi. Ko‘lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo‘yi tunda aktiv hayot kechiradi. Ozig‘ini faqat yerda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba’zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilonlar ba’zan ancha yirik o‘ljani ham tutib yeydi. Masalan, bitta ilonning qornidan ko‘k kaptar topgan bo‘lsam, boshqasidan ikkita quyoncha, uchinchisidan kichik ko‘lbuda topganman. O‘rta Osiyo respublikalarida ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. Yosh ilonlar avgust-sentabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga yetadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan. Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida meditsina yordami ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog‘lar ko‘rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi. XULOSA 1. Farg’ona vodiysida keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turi: 1. O‘rta Osiyo kobrasi – Naia oxiana eich 2. Dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine 3. Charx ilon - Carina tus scheid 4. Qalqontumshuq ilon - Ancistrodon nalys Pall. 5. Ko‘lvor ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi. 2. Ulardan qora ilon va qalqontumshuq ilon tuxumdan tirik tug‘ish yo‘li bilan, O‘rta Osiyo kobrasi, charx ilon, ko‘lvor ilon esa tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi. 3. Ekologik jixatdan ko‘lvor ilon, qalqontumshuq ilon, tog‘ va tog‘ oldi zonalarini egallagan bo‘lsa, O‘rta osiyo kobrasi qora ilon dashtli teksliklarni, charx ilon esa qumli cho‘llarni egallagan. 4. O‘rta Osiyo kobrasi, qora ilon va charx ilonlar zaxari asosan nafas markazlariga ta’sir ko‘rsatsa, ko‘lvor va qalqontumshuq ilonlar zaxari yurak qon aylanish sistemasiga ta’sir qiladi. Zaxarli ilonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng xalq ommasiga yetkazish ayniqsa ilon chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling