Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари


Download 1.84 Mb.
bet7/9
Sana08.02.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1168679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
захарли илонлар

QALQONTUMShUQ ILON –
ANCISTRODON HALYS PALL


Agar sizni zaharli ilon chaqsa, daohol jarohatni qo‘lingiz bilan chiqb chiqaring yoki og‘zingiz bilan so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga ho‘llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz yeyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun vrachga borish lozim.
Zardob quyidagicha tayyorlanadi: ilonlardan olinadigan zahar maxsus pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho‘kma fiziologik eritmada eritiladi va otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa (shuning o‘zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga solib kavsharlab qo‘yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi. O‘zbekistonda tayyorlangan zardob boshqa shahar va qishloqlariga va chet el mamlakatlariga jo‘natiladi. Sog‘liqni saqlash ministrligiga qarashli Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tekshirish instituti mamlakatimizdagi bu qimmatbaho preparatni yetkazib beruvchi yagona tashkilot bo‘lib, har yili o‘n minglab ampulalarda ilonga qarshi zardob jo‘natadi.
Ilon zahari maxsus pitomniklar — serpentariylarda olinadi. Birinchi bunday tashkilot asrimizning boshida Braziliyadagi San-Paulu shahrida tashkil kilingan edi. Ilon zahari 1935 yili Toshkent hayvonot bog‘ida B.V. Pestinskiy tashabbusi bilan ishlab chiqarila boshlangan edi. Birmuncha keyinroq Suxumida akademik Ye. N. Pavlovskiyning bevosita ishtiroki va rahbarligida serpentariy tashkil qilingan edi.
60- yillarning boshlarida ilon pitomniklari tashkil etish juda avj olgan edi. Zahardan faqat ilonga qarshi zardob va diagnostika preparatlari tayyorlashdagina foydalanib qolinmadi. Serpentariylar tarmoqlari va ularning mahsulotlari grammlar bilan emas, balki kilogrammlar bilan o‘lchanadigan bo‘ldi.
Zahar olish maqsadida Termizda, Uzoq Sharq qo‘riqxonasida va boshqa joylarda ilonlar saqlanadigan bo‘lindi.
Hozirgi vaqtda serpentariylar bir qator punktlarda ishlab turibdi. Shundan eng yirigi, yiliga bir necha kilogramm zahar beradigan Ozarbayjonning Apsheron yarim orolida joylashgan bo‘lib, Ozarbayjon Tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha davlat komitetiga qarashlidir. Unda bir necha mingta kavkaz kenja avlodining ko‘lvor ilonlari bor. Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi hisoblangan qo‘riqxona Frunze shahrida joylashgan bo‘lib, ovchilik boshqarmasining hayvonotchilik birlashmasiga bo‘ysunadi. U yerda o‘z vaqtida juda ko‘p ilon turlari, ko‘lvor ilon, kobra, oddiy qalqontumshuq, dasht qora iloni va boshqalar bor. Hozirgi vaqtda serpentariy asosan oddiy qora ilondan zahar oladi. Moskva yaqinida shu birlashmaning o‘ziga qarashli bitta pitomnigi bor, unda oddiy qora ilondan zahar olinadi. Toshkent atrofidagi pitomnikdan esa ko‘lvor ilonning O‘rta Osiyo kenja turkumidan zahar olinadi.
Toshkentdagi Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutiga qarashli ilon pitomnigi va Kushka shahri yaqinida joylashgan Morgunovka qishlog‘idagi Turkmaniston o‘rmon xo‘jaligi Komitetiga qarashli nixomnik va G‘arbiy Kopetdog‘dagi Qora-qal’a pitomniklari nisbatan kam ahamiyatga ega.
Fanlar akademiyasining Toshkentdagi Zoologiya va parazitologiya institutida, Morgunovkadagi Badxiz qo‘riqxonasida yozda ilonlar ochiq voleralarda saqlanadi. Boshqa qolgan qo‘riqxonalarda hozirgi vaqtda ilonlar qafasda yashaydi. Qafaslarning o‘lchami har xil: maydoni 0,5 dan 25 m2 gacha, balandligi 0,4—1 m. Ko‘pincha qafas o‘rtasiga rom’bsimon teshikli to‘siq o‘rnatiladi, ilonlar po‘st tashlash vaqtida shu teshiklar orasidan o‘tar ekan, dag‘allashgan tashqi epiteliy qatlamini tashlaydi. Qafasning tubiga sopoldan yasalgan sug‘orgich, shipiga esa qo‘shimcha isitish uchun bir necha elektr lampa o‘rnatiladi. Temperaturasi yuqori 28—32° atrofida bo‘ladi. Ilonlarga har uch-besh kunda oziq beriladi. Mayda turlari (qora ilon, charxilon, qalqontumshuq) yangi tug‘ilgan yoki yosh oq sichqonlar bilan oziqlanadi. Moskva atrofidagi pitomnikda oddiy qora ilonlar mayda baqalarni va hatto bo‘laklarga bo‘lib berilgan yirik suvda ham quruqda yashovchilarni ham egan. Kobralarga oq sichqon va ko‘k baqa beradilar. Ko‘lvorilonning asosiy ozig‘i sichqon va bir kunlik jo‘jalar. Biroq qorato‘sh va uy chumchuqlari ularning sevimli ozig‘i hisoblanadi. Ozarbayjonda ko‘lvor ilonlarni shu qushlarii berib boqib, eng ko‘p zahar olishga muvaffaq bo‘lindi va ular tutqunlikda uzoq umr ko‘rdilar. Badxiz qo‘riqxonasida Yu. A. Orlov ko‘lvorilonlarga faqat yirik qumsichqonlarni beradi.
Zaharini olish maqsadida qafasda boqiladigan ilonlarning hayot kechirish davri unchalik uzoqqa bormaydi. Chet ellardagi ilonchilik pitomniklarida ular odatda olti yildan ortiq yashamaydi. Toshkentda va Bokuda olib borilgan tajriba natijalariga qaraganda. ko‘zoynakli va ko‘lvor ilonlar to‘g‘ri temperatura rejimida va to‘g‘ri boqilganda zahar berishini kamaytirmagan holda bir necha yil yashay oladi.
Odatda ilonning zahar zapasi 10 kundayoq qayta to‘planishiga qaramay uning zahari 20—30 kunda bir marta olinadi. Ilon zaharini tez-tez olish ularning toliqib qolishiga va nobud bo‘lishiga olib keladi. Ilonlardan zahar olish usullari uzoq tarixga ega. O‘rta asrlarda ilon zahari ularning kallasini kesish yo‘li bilan olingan edi. Bunda ularning kallasi oldin quritilib, keyin hovonchada talqon qilib maydalangan. Shundan bir oz keyin ilon zaharini olish uchun ularning zahar ishlab chiqaradigan bezlarini yorib olish qo‘llanila boshladi. XX asrning boshlarida ilon zahari ana shunday olingan edi. Bo‘ynidan siqib olingan ilondan zahar olish uchun unga Petri kosachasi yoki stakan tutildi. Ular qirrasi bilan ilonning tishiga yaqin joydan ushlanadi va zahari tomchilab ajratiladi. Ilondan mumkin qadar ko‘proq zahar olish maqsadida uning bo‘yni siqilib, boshi, yon tomonlari uqalab turiladi.
Hozirgi vaqtda hamma ilonchilik pitomniklari oldida zaharli ilonlarni qafasda ko‘paytirish vazifasi turibdi. Ko‘lvor ilonlar tuxumini inkubatsiya yo‘li bilan ochirish borasida Toshkentda va Ozarbayjonda olib borilgan tajribalar ishonchli natija berdi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling