Sug’urta bozori va uni davlat tomoonidan tartibga solish reja: Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari


Download 68.5 Kb.
bet4/6
Sana23.01.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1112791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 6

YUqoridagilardan tashqari maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar ham sug‘urta bozori infratuzilmasining sub’ekti sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Mazkur sub’ektlar jumlasiga ixtisoslashgan va keng qamrovli maslahat byurolari, advokatlik hamda baholovchi firmalarni kiritish mumkin. SHu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik darajasi hozirda yuqori emas va mazkur mutaxassislar sug‘urta faoliyatida deyarli ishtirok etishmayapti.

Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik sub’ektlari faoliyatidan keskin farq qiladi. CHunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda etkazilgan zararni qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug‘urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog‘i zarurdir.

Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish mumkin.

Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi.

E’ tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug‘urtalashning har bir turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. CHunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish sug‘urtalovchida etarli darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi stavkalarini to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotini moliyaviy barqarorliksizga yoki to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, faqat sug‘urta kompaniyalarini emas, balki, qayta sug‘urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik idoralarini ham faoliyatini litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.


Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling