Sug’urta bozori va uni davlat tomoonidan tartibga solish reja: Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari


Download 68.5 Kb.
bet2/6
Sana23.01.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1112791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU 6

Sug‘urta kompaniyasi o‘z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. CHunki, sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug‘urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug‘urta qoplamasini to‘lashi shart. SHu o‘rinda, biz sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin sug‘urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug‘urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo‘ladi hamda bu baho o‘zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug‘urta tushumlarining miqdori sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo‘lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug‘urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko‘p hollarda sug‘urta bozoridagi keskin raqobat, sug‘urta tashkilotlarining potensial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. CHet mamlakatlarda, sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatidan zarar ko‘rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.

Sug‘urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularni faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu erda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham oldingi o‘rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.


Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling