Sug’urta bozori va uni davlat tomoonidan tartibga solish reja: Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari
Download 68.5 Kb.
|
MAVZU 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga
Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya (ruxsatnoma) berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. YA’ni, nizom jamg‘armasi va o‘z mablag‘larining holati hamda bu mablag‘larning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya (ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik kerak.Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibgasolishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari haqida o‘ylar ekanmiz, yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida biroz to‘xtasak, foydadan xoli bo‘lmaydi.Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning aksariyati sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya sug‘urta bozorini tartibga keltirish bo‘yicha etarli tajribaga ega bo‘ldi, o‘nlab me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug‘urta zahiralarini joylashtirish tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o‘zini qattiqqo‘lligi va boshqa harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng asosiysi, sug‘urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi.Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling