Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy va xuquqiy asoslari
I.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN
Download 1.14 Mb.
|
Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti-fayllar.org
I.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN
TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA XUQUQIY ASOSLARI 1.1 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va axamiyati Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanib borishida davlat tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar xal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Buning natijasida turli mulkchilik munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyoti jamiyatning xamma soxalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda va shu asosda ishlab chiqarishni rivojlantirish, ayirboshlash munosabatlarini takomillashtirish, iste’mol madaniyatini shakllantirish va tovarlar etkazib berishning uzluksizligini ta’minlash sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishni hayotiy zaruriyatta aylantirdi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda har qanday loyiha sug‘urta kafolatisiz qabul qilinmaydi va shu tufayli bu mamlakatlardagi turli sub’ektlar faoliyatida sug‘urta muhim o‘rin egallab, davlat ahamiyatidagi muammolarni echadigan tarmoq sifatida rivojlanmoqaa. Sug‘urta faoliyati boshqa faoliyat turlaridan keskin farq qiladi. Bu faoliyat ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalari to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash. hamda turli ko‘zda tutilmagan va favkulotdagi holatlar natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun xizmat qiladi. Turli ijtimoiy holatlar bo‘yicha javobgarlikning yuqoriligi sug‘urtachi faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishni talab etadi. SHunga ko‘ra sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish, tartibga solish va nazorat qilish sug‘urta bozori va uning ishtirokchilarining moliyaviy stabilligini ta’minlash choralarini ko‘rib borish, sug‘urta sohasiga bo‘lgan ishonchni ta’minlash, sug‘urtalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish, sug‘urta kompaniyalari uchun teng sharoitlar yaratib berish asosida haqqoniy raqobatni ta’minlashdan iboratdir. Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta kompaniyalari ishtirokida ishlab chiqilgan va Prezidentning 2007 yil 10 apreldagi № PQ-618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini bundan buyongi reforma qilish va rivojlantirish chora- 7
faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik hamda me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va boshqarishning maqsadi quyidagilardan iborat: 1) mamlakat sug‘urta bozorining bir maromda va talab darajasida amal qilishini ta’minlash; 2) sug‘urta bozori ishtirokchilarining qonunchilik talablariga rioya qilishlarini ta’minlash; 3) sug‘urta yordamida jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy mo’tadillikni ta’minlash; 4) sug‘urta shartnomalari shartlarining ushbu shartnomani tuzuvchilar tomonidan bajarilishini ta’minlash; 5) ichki sug‘urta bozorini chet el kompaniyalari ta’siridan himoya kilish; 6) sug‘urta faoliyatidan davlatga soliq va yig‘imlar tushumini ta’miilash. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va boshqarish maxsus tuzilgan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat sug‘urta nazoratini amalga oshirishda asosiy e’tibor sug‘urtachilarshshg sug‘urta bozoridagi faoliyatiga beriladi. Bunda birinchi vazifa sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta shartnomalari bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarishini ta’minlash hisoblanadi. Sug‘urta murakkab xizmat turi bo‘lib, bunda ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi professionallar bilan bu xizmat to‘g‘risida yaxshi tushunchaga ega bo‘lmagan potensial sug‘urtalanuvchi o‘zaro uchrashadi. Bunday holatda sug‘urtachi mavjud tajribasidan o‘z manfaati yo‘lida yoki kompaniya manfaati yo‘lida sug‘urtalanuvchi hisobiga foydalanishi mumkin. Bunday holatlardan davlat o‘zi qabul qilgan qonun va qarorlar, hamda boshqa me’yoriy hujjatlar vositasida va davlat nomidan ish ko‘ruvchi tashkilot vositasida potensial sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalanganlarni himoya qiladi. 8
borishida davlatning roli benihoya katta bo‘lib, davlat sug‘urtani rivojlantirishda asosiy tashabbuskor sifatida faoliyat olib boradi, sug‘urta bo‘yicha qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi. Davlat sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish maqsadida, zarur bo‘lganda homiylik qilish bilan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirishga erishadi. Bu jarayonda davlat avvalo milliy sug‘urta bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni yaratib berishi kerak, bular quyidagilardan iboratdir: - sug‘urta to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va hayotga tadbiq etishni tashkil etish, hamda ularning amal qilishi ustidan nazoratni olib borish; - davlat va nodavlat sug‘urta kompaniyalarini barpo etish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni sug‘urta bozorining ishtirokchilari sifatida bozorda erkin faoliyat olib borishlariga sharoit yaratib berish; - sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta bozoridagi xizmat turlari bilan tanishtirishga har tomonlama ko‘maklashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish; - jamiyat va fuqarolarning alohida qatlamlari talablarini nazarda tutuvchi majburiy sug‘urta turlarini joriy qilish; - milliy sug‘urta bozorida faoliyat olib boradigan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish. Ushbu omillarning yaratilishi sug‘urtaning yuqori suratlar bilan rivojlanishini ta’minlab beradi. Sug‘urta xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta mukofoti bilan sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qoplamasini to‘lash oralig‘ida ma’lum uzilish davri bor. Ushbu o‘tadigan davr mobaynida sug‘urtachining iqtisodiy imkoniyatlari qanday tomonga o‘zgarishini sug‘urtalanuvchining oldindan anglashi 9
faoliyati va iqtisodiy imkoniyatlarining ishonchliligini ta’minlashdan iboratdir. Bundan tashqari tuziladigan sug‘urta shartnomlari huquqiy nuqtai-nazardan murakkab hujjat bo‘lib, ushbu shartnomada qo‘yilayottai shartlarning haqqoniyligini davlat nazorat qilib borishi kerak. 1 Bozor sharoitida davlat tomonidan sug‘urta tizimini boshqarish va tartibga solish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Sug‘urta bozorida gohida sug‘urta kompaniyalari raqobatni chegaralash maqsadida hamkorliqda ish olib borishlari va boshqa kompaniyalarning bozorda faoliyat ko‘rsatishiga qarshi choralar ko‘rishlari, tariflarni sun’iy ravishda oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bunday holatlarni bartaraf etishda davlat nazoratchi vazifasini bajarishi kerak. Davlat sug‘urta tizimining rivojini ta’minlaydigan qonunlarni takomillashtirib borish bilan birga, ularning amal qilishini ham ta’minlashi lozim. Har qanday sug‘urta kompaniyasining faoliyati iqtisodiy tizim bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, shu iqtisodiy tizim ichida sug‘urtachi o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bozordagi turli ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlari zaminida sug‘urta tizimi shakllanadi. Bu tizim ichida har bir sug‘urta tashkiloti manfaatlari uyg‘unlashadi. Sug‘urta bozorining muhim sub’ekti va uning ishtirokchilaridan biri davlat hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, sug‘urta faoliyatiga davlat alohida e’tibor qaratdi va bu sohaning rivojlanishi uchun doimiy ravishda sa’y-harakatlarni olib bormoqda. Mustaqillik qo‘lga kiritilgaidan hozirgacha bo‘lgan davrdagi sug‘urta bozorida davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlarni shartli ravishda 3 - bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqich 1991-1996 yillar; 2-bosqich 1997-2001 yillar; 3-bosqich 2002 yildan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 1 - bosqichda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan turli mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi, davlatga qarashli mulklarning xususiylashtirilishi 1 Ю.А.Сплетухов, Е.Ф.Дюжиков. Страхование. М.: ИНФРА-М - 2007. - С.64-66 10
o‘zgarishi, mulkning daxlsizligi va uning yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat kuchaydi. Bu o‘z navbatida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning oshishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda sug‘urta bozoriniig shakllanishi “Gosstrax” davlat sug‘urta tashkilotini qayta ko‘rib chiqish va bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, davlatning faol ishtirokida mustaqil sug‘urta kompaniyalari tashkil etilishida namoyon bo‘ddi. Sug‘urta munosabatlarini tartibga solish maqsadida mamlakat tarixida birinchi marta 1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga asoslangan holda 1994 yili “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Mamlakatimiz va chet el investorlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sug‘urtaning zamonaviy tizimini rivojlantirish maqsadida 1995 yili London sug‘urta bozorida Amerikaning yirik moliyaviy guruhi “Amerikan Interneshnl Grupp”(AIG) bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Amerika qo‘shma sug‘urta kompaniyasi “O‘zbekinvest-interneshnl” va “AIG O‘zbekinvest” imzolovchi agentligi tashkil etildi. Xususiylashtirishni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1995 yilda “Madad” sug‘urta agentligi tashkil etildi va bu kompaniya kichik va o‘rta biznes infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Ushbu ixtisoslashtirilgan kompaniyalar bilan bir qatorda “Gosstrax” davlat sug‘urta tashkiloti va uncha yirik bo‘lmagan “Umid” qo‘shma sug‘urta kompaniyasi, “ARK” sug‘urta guruhi, “Ishonch”, “Temir yo‘lchi”, “Vostok” sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritdi. 1996 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‘urtaga (914-961 moddalar) bag‘ishlandi. Sug‘urtaga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi sug‘urta bozorining rivojlanishi uchun huquqiy sharoitlar yaratab berdi. 11
sug‘urta tarmog‘ini isloh qilish davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi № PF-1710 raqamli Farmoniga asosan “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sugurta kompaniyasiga aylantirildi. Uning asosiy yo‘nalishi sarmoyalar, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni milliy eksport qiluvchilarni xalqaro bozorlarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilish, eksport kreditlarini qoplashga sug‘urta kafolatlari berish qilib belgilandi. SHu yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi negazida “O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat” ixtisoslashgan davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Sug‘urta bozorida ishtirok etuvchi sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchilar huhuqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 8 iyulda 286 raqamli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Joriy qarorga asosan Respublika Moliya vazirligi huzurida sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etildi. 3 - bosqichda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 31- yanvardagi PF-3022 sonli “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, shu yili 5 aprelda “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi, shular asosida o‘sha yilning 27 noyabrida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul kilinishi respublika sug‘urta bozorining yangi bosqichga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida, respublika sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda, rejali iqtisod natijasida bozor munosabatlarining rivojlanmaganligi sababli sug‘urta munosabatlari rivojlanmagan, sug‘urta bozori esa umuman yo‘q edi. Sug‘urtaning asosan majburiy turi qo‘llanilar edi. Sug‘urta munosabatlari 12
tartibga solinar, shu tufayli mahalliy aholi sug‘urtaga majburiy hodisaga qaragandek qarar edi. 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli hukumat qarori bilan mamlakatimizda sug‘urtalashni jahondagi rivojlangan mamlakatlarda amal kilib kelayotgan sug‘urta klassifikatorlarini chuqur tahlil etish orqali ishlab chiqilgan sugurta klassifikatoriga ko‘ra sug‘urtalash sohasi ikkita muhim tarmoqqa ajratildi, ya’ni hayot sug‘urtasi va umumiy sug‘urta tarmoqlari. Sug‘urta klassifikatorida alohida klasslarga ajratib qo‘yilgan, bizning hududimiz uchun xarakterli bo‘lgan “Nikoh va tug‘shgashni sug‘urtalash”, “Hayotni uzoq mudsatli sug‘urta qilish”, “Sog‘liqni sug‘urta qilish” va “Nafaqa sug‘urtasi” klasslari sug‘urta tizimida dolzarb elementlardan biriga aylanib bormoqda. Davlat bozor munosabatlarida davlat sug‘urta tashkilotlari orqali sug‘urtalovchi sifatida qatnashishi mumkin va sug‘urta bozori faoliyatiga turli huquqiy belgilar bilan keng qamrovli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida sug‘urta bozori davlatning ongli boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Xorijiy tajriba shundan dalolat beradiki, sug‘urta bozoriga samarali rivojlanish omillari xosdir, bular ustunlik va tashabbuskorlik, sug‘urtalanuvchilarning talablarini to‘laligicha qondirilishidan iborat. Sug‘urta faoliyatining davlat tomonidan boshqarilishi sug‘urtaning bozor mexanizmini to‘ldirib, ijobiy tomonlarini kuchaytiradi. Bunda sug‘urta faoliyatini davlat boshqaruvi mexanizmi sug‘urtaning bozor mexanizmi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston jahon xo‘jaligi tizimiga bog‘langanligi, dunyodagi moliyaviy markazlar bilan aloqalarning kengaytirilayotganligini hisobga olib, mamlakatimizda sug‘urta tizimini rivojlantirish ob’ektiv zaruratga aylandi. Buning uchun sug‘urta tizimini har tomonlama chuqur o‘rganish va bu sohada jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish lozim. Bunday vazifalarni bajarish uchun avvalo sug‘urta sohasida jahon talablariga javob 13
sug‘urta to‘g‘risidagi axborotlardan xabardor qilib borish muhim hisoblanadi. Yuqoridagi bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda davlat sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanib, sug‘urtalanuvchilarni himoyalashning qonuniy mexanizmlarini ishlab chiqishi va uni hayotga tatbiq etishi, bajarilishini nazorat qilishi kerak. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta faoliyati davlat tomonidan vakolat berilgan idoralar tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Ayniqsa Germaniyada davlatning sug‘urta kompaniyalari ustidan nazorat olib borishi qonunlarga asoslanadi. Qonunni buzgan kompaniyalar litsenziyadan mahrum qilinadi va ularning faoliyati to‘xtatiladi. Mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish 1998 yil 8 iyulda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Sug‘urta nazoratini davlat tomonidan amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №286-sonli qaroriga ko‘ra Moliya vazirligi qoshidagi sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotida talab va taklif o‘yini, baholarni bozor tomonidan belgilanishi, sug‘urta tariflaridagi o‘zgarishlar, sug‘urta kompaniyalaridagi xodimlarning uquvi bilan yangi mijozlarni topish va shu kabi boshqa sabablar vositasida sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi raqobat kurashi yanada rivojlanib boradi. Ammo sug‘urta bozorining rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan ko‘plab sabablar ham mavjud bo‘lib, bunday sabablardan biri monopol holatning yuzaga kelishidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaning yuzaga kelishiga nisbatan xavfsiz holat sifatida bir tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar soni kamida o‘n va undan ortiq bo‘lib, bunda bu bozordagi bir kompaniyaning hissasi sug‘urta xizmatlarini sotish bo‘yicha 31 foizdan oshmasligi, ikki kompaniyaning hissasi 44 foizdan oshmasligi, uchta kompaniyaning hissasi 54 foizdan oshmasligi va to‘rtta kompaniya ulushi 64 14
1
nisbatan davlat iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaydi va ularning ishtirokini ushbu bozorda chegaralab qo‘yadi. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning elementlaridan biri bozordagi raqobatni sun’iy ravishda yo‘qotish, ya’ni boshqa qatnashchilarni bu bozorga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning o‘zaro til biriktirishi va o‘zaro kelishuvlariga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir. Raqobatning nosog‘lom usul va vositalari bo‘lmish tariflarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, sug‘urtalanuvchilarga sug‘urtaning ma’lum bir turi to‘g‘risida yoki ushbu turni amalga oshiruvchi o‘z raqobatchilari to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar berib, ularni arosatga qo‘yish mumkin bo‘lmagan holatlardir. Bunday holatlarga nisbatan davlat qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar vositasida doimiy qarshi choralar ko‘rib borishi kerak. Sug‘urtani soliqlar vositasida nazorat qilish yoki ma’lum imtiyozlar berish davlat tomonidan amalga oshiriladigan muhim vositalardan biridir. Bu boradagi chet el tajribasiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, sug‘urta biznesini soliqqa tortish turli mamlakatlarda turlicha. Masalan Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, SHveysariya va YAponiyada sug‘urta faoliyatini soliqqa tortish boshqa sohalardan farq qilmaydi. Bu mamlakatlardagi sug‘urtachilar boshqa mamlakatlarda sug‘urta faoliyatini yuritsalar ushbu faoliyat to‘g‘risida va tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida ma’lumotni soliqchilarga taqdim qilishlari kerak. “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti” (OESR)ga a’zo mamlakatlarda (CHexiya va Polshadan tashqari) tashkilotlar to‘lagan sug‘urta mukofotlari soliqdan chegirib tashlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti”ga a’zo mamlakatlar tomonidan joriy qilingan tashkilotlar to‘lagan sug‘urta mukofotlarini soliqdan chegirib tashlash to‘g‘risidagi qoida bizning mamlakatimizda ham Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413- sonli qarori asosida amalga kiritilgan. 1 В.В.Шахов. Введение в страхование. М.: Финансы и статистика - 2000 - 65 с. 15
o‘zgarishlar tashabbuskori ekanligi to‘g‘risida o‘zining “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” to‘g‘risidagi asarida aytib o‘tgan “Davlat iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi” 1 tamoyiliga asoslanib davlat iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish barobarida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab berishi, sug‘urtaning huquqiy asoslari, tashkiliy, uslubiy jihatlarini yanada takomillashtirib sug‘urta tizimini rivojlantirishga mas’ul bo‘lishi kerak. Umuman olganda davlatning sug‘urta sohasi bo‘yicha faoliyati keng ko‘lamli bo‘lib, davlat aralashuvi samaradorligining yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz: - sug‘urta himoyasini ta’minlashda yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mexanizmni ishlab chiqish; - O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi qoshida tashkil etilgan maxsus vakolatli davlat organi bilan sug‘urtachi sub’ektlar o‘rtasidagi hamkorlik, muammoli masalalarni birgalikda hal etuvchi
manfaatdorlik asosida ishlovchi tuzilmali mexanizmni shakllantirish;
I.A.Karimovning “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” to‘g‘risidagi asari 16
hozirgi sharoitda tomonlar manfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi sug‘urta himoyasining umumiy qoidalarini ishlab chiqish; - “O‘zbek modeli”ga asoslanib, respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, xorijiy sug‘urta kompaniyalarining faoliyat yuritishlari uchun amalda bo‘lgan huquqiy mexanizmni xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish; - sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishda chet el investorlarining faoliyatini rag‘batlantirishni nazarda tutib ish olib borishni yo‘lga qo‘yish; - sug‘urta faoliyati rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish asosida xalqaro bozorga kirib borish va bu bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yish; - respublika sug‘urta bozorida yangi sugurta institutlari (anderrayterlar, aktuariylar, avariya komissarlari) ko‘payishini rag‘batlantirishdan iboratdir. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, chet el tajribasida sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari har bir sug‘urta turi bo‘yicha alohida sug‘urta anderrayterlariga ega bo‘lib, biror marta ham bir anderrayter ikki xil sug‘urta turi bilan shug‘ullanmaydi. Anderrayting siyosatini samarali amalga oshirish uchun sug‘urta kompaniyasi har bir sug‘urta turining o‘tish jarayoni to‘g‘risida statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishi va qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plashi kerak. Jahon sug‘urta bozori faoliyatini o‘rganib shu xulosaga keldikki, davlat sug‘urta tizimini rivojlantirish bo‘yicha ayrim qarorlarni qabul qilish bilan cheklanib qolmasdan, sug‘urta bozorini rivojlantirishning butun chora- tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan keng ko‘lamli konsepsiyani ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etishi hozirgi davr talabi hisoblanadi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish avvalo sug‘urta kompaniyalariga davlat tomonidan quyidagi kafolatlarni berish zaruriyatini keltirib chiqaradi: 1. Professional sug‘urtachi kadrlar tayyorlab berishni yo‘lga qo‘yish. 2. Imtiyozli investitsiya kreditlari berishni yo‘lga qo‘yish. 3. Byudjet mablag‘lari zahirasini yaratish. 17
ta’sir etadi va aholini ijtimoiy himoyalash, hamda uning moddiy farovonligi o‘sishiga, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning ijobiy echilishiga yordam beradi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling