“Sugurta hazariyasi va amaliyoti” fanidan vaziyatli masalalar
Masala-1
Masala-1
“Anxor” MCHJ skladida qisqa tutashuv natijasida yong‘in chiqib, asbob –uskunalar va tovar-moddiy boyliklar yonib ketdi. Tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish, korxona raxbari fuqaro A.ning yurak xastaligi tufayli shifoxonaga yotqizilgani va boshqa sabablar tufayli korxona yong‘in haqida sug‘urta kompaniyasiga oradan 2-oy o‘tgach xabar qildi. Sug‘urta kompaniyasi esa 3-kunlik muddatda murojaat etilmagani uchun rad javobini berdi. Bu to‘g‘rimi?
Javob:
"Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonun 6-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sug'urtalovchi rad etishga haqli.
Masala-2
Fuqaro A. Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalangan o‘z mashinasida ketayotib, yo‘l o‘rtasidan chiqib qolgan bolani bosmaslik uchun rulni keskin burdi va yo‘l yoqasidagi uy hovlisining devoriga urilib uni qulatib yubordi. Hovli egasi bo‘lgan fuqaro B. Etkazilgan moddiy zararni va ma’naviy zararni to‘lashni fuqaro A. dan talab qildi. Fuqaro A. talab qilingan zararlarni to‘lab berishni so‘rab mashinasi sug‘urta qilingan sug‘urta kompaniyasiga murojaat qildi. Sug‘urta kompaniyasi qanday qaror qabul qiladi?
Javob: Sug'urta kompaniyasi zararni to'lab berishni rad etadi. Chunki daraxt va boshqa qattiq jism qulashi natijasida avtomobilga zarar yetganda sug‘urta kompaniyasi fuqaroning so‘rovini rad etishga haqli. Chunki bu yerda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lmagan. Mijoz (avtomobilini sug‘urta qildirgan shaxs) o‘z ehtiyotsizligi sababli boshqa insonning hayoti va mol-mulkiga zarar yetkazmagan. Yuqorida aytilganidek, majburiy sug‘urta faqat fuqaroning boshqa shaxs oldidagi javobgarligini kafolatlaydi. Majburiy sug‘urta sud hukmi yoki yo‘l patrul hizmati xodimi xulosasi taqdim etilgandan so‘ng to‘lab beriladi. Tabiiy ofat yoki baxsiz hodisa tufayli avtomobilga zarar yetsa, bu yerda javobgarlikka tortiladigan tomon bo‘lmaydi. Bu kabi holatlarda avtomobilni ixtiyoriy sug‘urtadan o‘tkazish orqali noxushliklarni bartaraf etish mumkin.
Masala-3
Sug‘urta shartnomasiga ko‘ra sug‘urta qiymati – 3 mln. so‘m, sug‘urta summasi – 1000 ming so‘m, shartsiz franshiza – 30 ming so‘m. Zarar: A) 19 ming so‘m B) 35 ming so‘m
To‘lanadigan sug‘urta qoplamasi miqdorini aniqlang
Javob:
A) 19 ming so‘m<30min so'm qoplanmaydi
B) 35 ming so‘m-30ming so'm=5 ming so'm30min>
Do'stlaringiz bilan baham: |