O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi. - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi.
- Sug‘urta tashkilotlari sug‘urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
- O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida sug‘urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
- - qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish;
- - o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
- sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish; - - sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish;
- - sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
- - sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
- - sug‘urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
- - sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
Do'stlaringiz bilan baham: |