- sug‘urta tovoni to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; - - sug‘urta tovoni to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
- - sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
- - chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
- - ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
- -O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
- - o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi: - Sug‘urtalovchi:
- - sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
- - sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;
- - o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi;
- - qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
- - sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni to‘lashi;
- - firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga qonunda belgilangan tartibda etkazishi;
- - sug‘urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |