Sug‘urta kompaniyasining yuqori rahbariyati bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari quyidagilar hisoblanadi
Download 4.85 Kb.
|
Презентация1 SUG`URYTA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta tashkiloti
Sug`urta tashkilotlarini boshqarish tamoyillari Sug‘urta kompaniyasining yuqori rahbariyati bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: 1. Sug‘urta kompaniyasining har bir bosqichdagi umumiy maqsadlarini belgilash. 2. Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining tegishli strategiyasini ishlab chiqish va rejalashtirish. 3. Boshqarish (menejment) strukturasini ishlab chiqish. 4. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish. 5. Moliyaviy siyosatni belgilash. 6. Faoliyat sohalarini (shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta. javobgarlik sug‘urtasi, qayta sug‘urtalash) shakllantirish. 7. Faoliyat sohalarini o‘zaro muvofiqlashtirish. 8. Kadrlar va ijtimoiy masalalarni xal etish.Davlat sug‘urta kompaniyalari – bu davlat mulki hisobidan davlat tomonidan ta’sis etiladigan tashkiliy shakl. Davlat sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilinishi davlatning sug‘urta bozori faoliyatiga aralashuvining bir ko‘rinishidir.
Sug‘urta tashkiloti – bu turli xildagi sug‘urta korxonalari, muassasalari. Sug‘urta kompaniyalari, aksionerlik sug‘urta kompaniyalari, regional va xalqaro moliyaviy guruhlar, qo‘shma sug‘urta va qayta sug‘urta birlashmalar (kompaniyalar), xususiy firmalar, davlat sug‘urta kompaniyalari va boshqalar. U davlatning umumiy iqtisodiy tizimida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida sug‘urtalovchilarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yilning 10 aprelida qabul qilingan PQ-618-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan sug‘urta tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, sug‘urtalovchilarning moddiy-texnika bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorlari quyidagicha belgilandi: - umumiy sug‘urta tarmog‘iga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun – 500 ming AQSh dollariga ekvivalent summada; - hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun – 750 ming AQSh dollarigi ekvivalent summada; - majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilar uchun – 1 mln. AQSh dollariga ekvivalent miqdordagi summada. - qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar faoliyat mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) – 3 mln. AQSh dollariga ekvivalent summada; Download 4.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling