Sug‘urtalovchilar moliyasini tashkil qilishning umumiy tamoyillari
Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari
Download 66.39 Kb.
|
2 sug\'urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta to‘lovlari
2. Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari.
Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari sug‘urta operatsiyalaridan, investitsiya faoliyati va boshqalardan olinishi mumkin. Sug‘urta operatsiyalaridan daromadlar sug‘urta to‘lovlari asosida shakllanadi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urta xizmatining sotish bahosini bildiradi, uni kalkulyatsiya bahosidan farqlash lozim. Gosstraxning monopol faoliyati davrida kalkulyatsion baho bir vaqtning o‘zida sotish bahosi ham hisoblangan, u vaqtda to‘laqonli bozor munosabatlari bo‘lmagan. Bozor sharoitida kalkulyatsion baho bilan sotish bahosi mos kelmasligi mumkin. Sug‘urtalovchi brutto-tarifni hisoblayotganda sug‘urta xizmatining kutilayotgan qiymatini belgilaydi, sotish bahosi esa sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda aniq bo‘ladi. Sug‘urta xizmatining qiymati –obyektiv kattalikdir, baho esa qator omillar: bozor kon’yunkturasi, davlatning baho siyosati, sug‘urtalaovchilarning monopol kelishuvlari, kredit foizlarining dinamikasi va boshqalar ta’siri natijasida shakllanadi. Sug‘urta to‘lovlari – bu sug‘urta tashkilotining birlamchi daromadi va mablag‘larning keyingi aylanishi asosi, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarning to‘lovlari sug‘urtalovchilarda uzoq davr saqlanadi. Bundan tashqari sug‘urta tashkilotlarida zahira va rezerv fondlari shakllantirilib, o‘n yillab ishlatilmasligi mumkin. Bularning barchasi sug‘urtalovchiga mablag‘lardan investitsion maqsadlarda foydalanish asosini yaratadi. Sug‘urtalovchining mablag‘lari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga turli shakllarda: bevosita investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa ko‘rinishlarda joylashtirilishi mumkin. Investitsion faoliyatdan olingan daromadlar sug‘urta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlarni kompensatsiyalashga, sug‘urta ishini rivojlantirishga, xuddi shunday tijorat maqsadlarida yoki iste’mol uchun sarflanishi mumkin. Shunday tarzda sug‘urtalovchining sug‘urta xizmatlari uchun past baholarda ham yetarli rentabellikni saqlab turish mumkin. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta to‘lovlari va investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlardan tashqari turli xildagi xizmatlar ko‘rsatishdan, avvalo, risk-menejment bilan bog‘liq, maslahat berish, kadrlarni o‘qitish va boshqalardan ham daromadlar olishi mumkin. Download 66.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling